Eronda ayollarga mototsikl haydaşga ruxsat berildi
5-02-2026, 19:14
105 марта

Eronda ayollarga mototsikl haydaşga ruxsat berildi
Eron hukumati ayollarga mototsikl haydaş va buning uçun rasmiy haydovçilik guvohnomasini olişga ruxsat berdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.Qaror Eron birinçi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif tomonidan imzolangan bölib, unda ayollarga mototsikl uçun haydovçilik guvohnomasini beriş tartibi belgilab berilgan. Mazkur hujjat ayollar tomonidan uzoq yillardan beri kötarib kelinayotgan talabning amaliy yeçimi sifatida baholanmoqda.
Mahalliy OAV xabarlariga köra, ayollarga mototsikl uçun haydovçilik guvohnomasi berilişiga qonuniy taqiq bölmagan, ammo turli talqinlar sabab bu jarayon yillar davomida amalga oşirilmagan.
Uşbu qaror ayollarning qonuniy huquqlarini tan oliş bilan birga, şaharlardagi transport tirbandligini kamaytiriş va yöl harakati xavfsizligini oşirişga ham xizmat qilişi mumkinligi takidlanmoqda.
Eron parlamenti azosi Valiollah Bayati mazkur qarorni ayollarning mototsikllardan foydalanişini qonuniy ravişda tan oliş yölidagi muhim qadam deb baholagan. Şuningdek, amaliy maşğulotlar asosan ayol instruktorlar tomonidan ötkazilişi maqsadga muvofiq ekani haqida gapirgan.