Qozoğistonlik qiziqçining Rossiyaga kirişi 50 yilga taqiqlandi
6-02-2026, 18:49
89 марта

Qozoğistonlik qiziqçining Rossiyaga kirişi 50 yilga taqiqlandi
Bugun, 6 fevral kuni qozoğistonlik qiziqçi Nurlan Saburovga Rossiya Federatsiyasiga kiriş 50 yil muddatga taqiqlandi. Bu haqda huquqni muhofaza qiliş organlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.Manbaga köra, Saburov Vnukovo aeroportiga borganidan söng unga Rossiyaga kiriş taqiqlangani haqida rasmiy hujjat topşirilgan.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining bildirişiça, qiziqçi Rossiyada migratsiya va soliq qoidalarini buzgan. Saburov 2025 yil may oyida ham xuddi şu turdagi ayblovlar bilan Şeremetevo aeroportida qölga olingan. Unga 5000 rubl miqdorida jarima solinib, Rossiyani ixtiyoriy ravişda tark etiş uçun ikki hafta vaqt berilgan.
Nurlan Saburov – Rossiyadagi eng maşhur stendapçi komiklardan biri hisoblanadi. 2022 yil bahorida Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamagani uçun AQŞ va Isroilda uning kontsertlari bekor qilingan. 2025 yil oxiriga kelib Rossiyada ham qiziqçining kontsertlari taqiqlangan. Saburov Rossiyada umumiy qiymati 160 million rubldan ortiq mulkka egalik qilişi aytilmoqda.
Malumotlarga köra, u vositaçilar orqali daromadlarini yaşirişga uringan, biroq sanktsiyalardan çöçib, Rossiya fuqaroligini olişdan boş tortgan.