Xitoy yadroviy qurollar böyiça muzokaralarda qatnaşişdan boş tortdi
8-02-2026, 12:20
105 марта

Xitoy yadroviy qurollar böyiça muzokaralarda qatnaşişdan boş tortdi
Xitoy AQŞ va Rossiya iştirokidagi ehtimoliy köp tomonlama formatni ham öz içiga olgan yadro qurollarini nazorat qiliş va qisqartiriş böyiça heç qanday muzokaralarda qatnaşmaydi. Bu haqda Xitoyning BMTning Jenevadagi bölinmasi huzuridagi vakili Tszyan Şen malum qildi.U Xitoyning yadroviy salohiyati “heç bir jihatdan AQŞ yoki Rossiya darajasiga mos kelmasligini” bildirgan va şu sababli Pekin hozirgi bosqiçda bunday muzokaralarda iştirok etişni mumkin deb hisoblamasligini malum qilgan.
“Yadroviy qurolsizlaniş böyiça asosiy masuliyat eng yirik yadroviy arsenallarga ega davlatlar zimmasida bölişi kerak”, deydi xitoylik diplomat.
Uning sözlariga köra, aynan şu davlatlar öz qurollarini sezilarli va tekşiriladigan tarzda qisqartiriş böyiça qadam taşlaşi şart.
Qayd etiş joiz, joriy yilning 6 fevral kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Vaşington “kuç pozitsiyasidan” muzokara olib boriş imkoniga ega bölişi uçun öz yadroviy arsenalini saqlab qolişini malum qilgan. Uning aytişiça, Qöşma Ştatlar öz xavfsizligiga zarar yetkazişi mumkin bölgan şartlarga rozi bölişga tayyor emas va yadroviy qurollarni modernizatsiya qilişni davom ettiradi, şu bilan birga yadroviy arsenallar sonini qisqartirişga qiziqiş bildiradi.
Rubio avval AQŞ va Rossiya örtasidagi ikki tomonlama kelişuvlarga asoslangan qurollarni nazorat qiliş tizimi endi hozirgi voqelikka mos kelmasligini qayd etgan. Bunga Xitoyning sönggi yillarda öz yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oşirgani sabab bölgan.
Marko Rubio, şuningdek, Moskva 2023 yilda “yillar davom etgan buzilişlar” ortidan Strategik hujumkor qurollar töğrisidagi şartnomadagi (START) iştirokini töxtatganini eslatgan va şu bois 5 fevral kuni uning amal qiliş muddati tugaşi yangi qurollaniş poygasi boşlanişini anglatmasligini bildirgan.