AQŞ Eronda katta operatsiya uyuştirmoqçi – OAV
14-02-2026, 14:30
217 марта

AQŞ Eronda katta operatsiya uyuştirmoqçi – OAV
AQŞ harbiylari Prezident Donald Tramp Eronga zarba beriş haqida buyruq çiqargan taqdirda, bir neça hafta davom etişi mumkin bölgan keng kölamli operatsiyaga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda ikki nafar amerikalik rasmiyga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Ularning aytişiça, ehtimoliy harbiy missiya avvalgi çeklangan zarbalardan ança jiddiyroq tus olişi mumkin.
Malumotlarga köra, Pentagon Yaqin Şarqqa qöşimça aviatsiya taşuvçisi, minglab harbiy xizmatçilar, qiruvçi samolyotlar va boşqariladigan raketa qurilmalarini yubormoqda. Ötgan hafta AQŞ va Eron diplomatlari Ummon orqali muzokaralar ötkazgan bölsa-da, Tramp Şimoliy Karolinadagi harbiy baza oldida sözga çiqib, Tehron bilan kelişuvga erişiş qiyin keçayotganini aytgan va zarurat tuğilsa kuç işlatilişini istisno etmagan.
Oq uy matbuot kotibi örinbosari Anna Kelli Prezident Islom Respublikasi böyiça “barça variantlarni körib çiqayotganini” bildirgan. Pentagon esa operativ rejalarga izoh berişdan boş tortgan. Rasmiylarning takidlaşiça, ehtimoliy uzoq muddatli kampaniya faqat yadroviy obektlargina emas, balki Eronning davlat va xavfsizlik infratuzilmasini ham nişonga olişi mumkin.
Mutaxassislar bunday stsenariy AQŞ kuçlari uçun yuqori xavf tuğdirişini qayd etmoqda. Eronning raketa arsenali salmoqli bölib, javob zarbalari mintaqaviy mojaroni kengaytirişi ehtimoli mavjud. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi zarba berilgan taqdirda, mintaqadagi Vaşington bazalariga hujum qiliş bilan tahdid qilgan.