Yevropa Rossiyaning “soya floti” tankerlarini musodara qilmoqçi
14-02-2026, 18:11
132 марта

Yevropa Rossiyaning “soya floti” tankerlarini musodara qilmoqçi
Yevropa davlatlari Rossiyaning “soya floti” tankerlarini musodara qiliş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Hili Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi doirasida YeI davlatlari Mudofaa vazirlari bilan Rossiyaning “soya flot”iga qarşi çoralarni muhokama qilgan. Uçraşuvda qatnaşgan Britaniya Qurolli kuçlari rahbari Riçard Nayton tankerlarga nisbatan harakat variantlarini, jumladan, kemalarni qöşma operatsiyalar orqali qölga oliş imkoniyatlarini taqdim etgan.
Naşr manbasiga köra, bunday operatsiyalarda Yevropa davlatlari AQŞ bilan muayyan darajada muvofiqlaşuvga ega bölişi mumkin.
Estoniya Mudofaa vaziri Xanno Pevkur esa “soya floti” kemalariga bayroq berayotgan davlatlar boşqa mamlakatlar tomonidan çoralar körilişi mumkinligini bilişi kerakligini aytgan. Biroq aniq çoralar qöşimça muhokamani talab qiladi, çunki ayrim davlatlar eskalatsiyadan xavotirda.
Malumotga köra, “soya floti” taxminan 1,5 mingta kemaga ega bölib, ular Rossiya neftini taşiydi. Bu kemalar sanktsiyalarni çetlab ötiş uçun turli mamlakatlar bayroqlaridan foydalanadi. YeI va AQŞ sanktsiya röyxatlariga yuzlab şunday kemalar kiritilgan, ayrimlari amerikalik harbiylar iştirokida qölga olingan.