USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy Rossiyaning oylik yöqotişlarini 50 mingga yetkazişga vada berdi

92 марта

Zelenskiy Rossiyaning oylik yöqotişlarini 50 mingga yetkazişga vada berdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasi oldiga har oy kamida 50 ming nafar rossiyalik harbiyni yöq qiliş vazifasi qöyilganini malum qildi. Bu haqda u bugun, 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasidagi nutqida söz oçdi. 
Uning aytişiça, bu körsatkiç zamonaviy Rossiya qurolli kuçlarining yirik harbiy korpusi yoki kiçik umumqöşin armiyasi soniga teng.
“Armiyamizning vazifasi aniq: imkon qadar köproq rossiyalik bosqinçilarni yöq qiliş. Maqsad ham konkret – oyiga kamida 50 ming kişi. Işonçim komilki, hatto Rossiya uçun ham bu jiddiy böladi”, deydi Zelenskiy.
Prezidentning sözlariga köra, 2025 yil dekabr oyida Ukraina qurolli kuçlari 35 ming nafar rossiyalik harbiyni öldirgan yoki oğir yaralagan. Joriy yilning yanvar oyida esa Rossiya qöşinlarining hujumlari intensivligi pasaygani sababli, ularning qaytarib bölmas yöqotişlari 30 ming kişigaça tuşgan. Zelenskiy, şuningdek, Rossiya Donetsk yönalişida egallangan har bir kilometr yer uçun “156 nafar askar hayoti bilan tölayotgani”ni takidlagan.
Vaşingtondagi “Center for Strategic and International Studies” (CSIS) baholariga köra, ötgan yil oxiriga kelib Rossiya Qurolli kuçlarining umumiy yöqotişlari 1,198 million kişiga yetgan, şundan 325 ming nafari halok bölgan. Faqat 2025 yilning özida halok bölgan va yaralanganlar soni 425 ming kişini taşkil etib, örtaça oyiga 35 ming atrofida bölgan.
Qişda keskin oşgan bunday katta yöqotişlarga qaramasdan, Rossiya sezilarli strategik siljişga erişa olmagan. “Bloomberg” manbalarining qayd etişiça, hozirgi suratda Rossiya generallariga butun Donbassni egallaş uçun qariyb ikki yil vaqt kerak böladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: