Isroil sönggi 24 soat içida 11 nafar ğazolikni öldirdi
16-02-2026, 08:12
114 марта

Isroil sönggi 24 soat içida 11 nafar ğazolikni öldirdi
Bugun, 15 fevral kuni Isroil Ğazo sektorining turli hududlariga havodan zarba berdi. Reuters’ning Falastin rasmiylariga tayanib xabar qilişiça, kamida 11 nafar falastinlik halok bölgan. Tel-Aviv esa sulhni buzişda HAMASni ayblab, aviazarbalar javob çorasi bölganini takidladi.Ğazoda faoliyat körsatayotgan şifokorlarning agentlikka malum qilişiça, Isroil samolyotlaridan biri köçirilgan oilalar çodir tikib yaşayotgan lagerni nişonga olgan. Natijada kamida tört kişi halok bölgan. Bundan taşqari, Xon Yunisda yana tört kişi, anklav şimolida esa bir nafar ğazolik öldirilgan.
Bundan taşqari, Isroil harbiy havo kuçlari Ğazoning Tel al-Hava hududiga ham zarba bergan. Hujum nişonida “Falastin islomiy jihod” guruhi qömondoni bölgani aytilmoqda. Hozirça qurolli guruh holat yuzasidan bayonot bermadi.
HAMASning Ğazodagi vakili Hazem Qosim Isroilning zarbalariga munosabat bildirib, buni köçirilgan falastinliklarga nisbatan yangi qirğin deb atadi. Şuningdek, yahudiy davlati sulh şartlarini jiddiy ravişda buzganini takidladi.

“Isroil mudofaa kuçlari yaqinidan qurollangan holda ‘sariq çiziq’ni kesib ötiş sulhning oçiq buzilişidir. Bu HAMAS sulh kelişuvini tizimli ravişda buzib, Isroil askarlariga zarar yetkazişga urinayotganini körsatadi”, dedi u.