Frontdagi vaziyat: Ukraina Zaporijjya oblastida qarşi hujumga ötdi
16-02-2026, 08:44
191 марта

«Ukraina qurolli kuçlarining Janubiy operatsiya zonasidagi bir qator uçastkalarda duşmanning oldingi pozitsiyalariga qarşi hujum uyuştirildi, muayyan natijalarga erişilgan», – deya yozgan ukrainalik harbiy ekspert Konstantin Maşovets.
Oldinroq rossiyalik blogerlar ham Ukraina qurolli kuçlari Zaporijjya yönalişidagi qator uçastkalarda ilgarilagani haqida xabar bergan, Ukrainadagi manbalar esa yoki sukut saqlagan yoki buni rossiyaliklarning dezinformatsiyasi deb atagandi.
«Şarqiy Zaporijjya yönalişida raqibning bir neça alohida şturm polklaridan iborat guruhning hujumlari davom etmoqda, Gayçur daryosi böylab oğir janglar ketmoqda, Gulyaypoledan ğarbdagi hududlarda töqnaşuvlar qayd etilgan», – deb xabar bergandi 9 fevral kuni RF mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan Rybar telegram-kanali.
«Ayrim uçastkalarda duşman RF qurolli kuçlari nazorat zonasiga nisbatan çuqur kirib borişga muvaffaq bölganiga qaramay, hozirça muhim muammolar haqida gap ketmayapti. Qiyinçiliklar asosan Starlink terminallari işidagi muammolar va parvozga imkon bermaydigan ob-havo bilan boğliq», – deya qayd etgan Rybar.
«Arxangel spetsnaza» telegram-kanali ham raqib Gulyaypole atrofida tanklar va zirhli maşinalarni qöllagan holda jiddiy yuriş boşlagani, ular Rossiya mudofaasiga çuqur kirib kelgani va şiddatli janglar ketayotgani haqida yozgan.
«Ular hozirça sekin odimlamoqda, ikki tomonning ham asosiy muammosi – aloqa tufayli, aniroq aytganda „Starlink“ tizimi butun front böylab öçirilgani bilan boğliq, hammayoqda faqat stantsiyalar orqali işlaşga töğri kelmoqda, bu esa koordinatsiyani qiyinlaştiradi. Aftidan, navbatdagi hujum Berezovoyga böladi – u yerda yaxşigina kuç jamlangan, uning ortidan Novonikolayivkaga bosim uyuştirişlari tayin», – deya taxmin qiladi z-bloger.
Şu bilan birga, Rossiya hududida Telegram messenjeri bloklanişi ham harbiy aloqa tizimiga tasir qilgani qayd etilmoqda. Starlink çeklovlari bilan birgalikda bu holat frontdagi boşqaruv jarayonlarini murakkablaştirgan.
Hozirça Ukraina tomoni ham, Rossiya tomoni ham Zaporijjya oblastidagi vaziyat böyiça rasmiy malumot bermayapti.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy çorşanba kuni keçqurun desant-şturm qöşinlari va şturmçi polklar kompandirlari bilan işçi uçraşuv ötkazib, Zaporijjya va Dnipropetrovsk oblastlaridagi operativ vaziyatni muhokama qilganini aytdi.

General Staff of the Ukrainian Armed Forces
Holbuki 1 fevral kuni ham uşbu polk vakillari özlariga biriktirilgan uçastkada «duşmanning şiddatli yorib ötişidan keyin kritik vaziyat» yuzaga kelgani, polk jangçilari qarşisida Rossiya armiyasining Zaporijjya yönalişida içkarilaşiga yöl qöymaslik vazifasi turganini xabar qilayotgandi.
Konstantin Maşovets Ukrainaning Gulyaypole şimoli-ğarbidagi va oblast markazidan janubda joylaşgan Stepnogorsk hududidagi qarşi hujumlari natijalarini ehtiyotkorlik bilan baholamoqda. Uning sözlariga köra, bu hujumlar çeklangan xarakter va kölamga ega bölib, duşmanning Ukraina qurolli kuçlarining jangovar saflari orasiga kirib qolgan kiçik piyoda guruhlarini yöq qiliş maqsadida amalga oşirilgan.

Maşovets Rossiya qöşinlarining 2026 yil yozidagi kampaniyada ehtimoliy Orixiv-Zaporijjya va Slovyansk-Kramatorsk yönalişlaridagi hujum amaliyotlarida imkoniyatlari minimal darajada bölişi uçun Ukraina qurolli kuçlari qattiq harakat qilişi lozimligini qöşimça qilgan.

Rossiya harbiylari Starlink’dan uzilişi Ukraina qurolli kuçlariga qanday yordam bermoqda?
BBC rus xizmati şarhlovçisi Pavel Aksenov:
Ukraina qurolli kuçlarining Zaporijjya oblastidagi muvaffaqiyatlari Rossiya qöşini Starlink terminallaridan foydalaniş imkoniyatini yöqotgani bilan boğliq, deydi BBC’ga NATOning yuqori martabali mulozimi.
Ukraina mudofaa vazirligi fevral oyi boşlarida Amerikaning SpaceX kompaniyasi bilan Ukrainada «oq röyxat»ga kiritilmagan Starlink suniy yöldoş terminallarini öçiriş böyiça kelişuvga erişgandi. Rossiya armiyasi «kulrang import» yordamida qölga kiritilgan terminallardan foydalanişini istisno qiliş uçun şunday çoraga qöl urilgandi.
Rossiya ularni frontda aloqani taminlaş uçun işlatgan, ammo yanada ekzotik holatlar ham bor edi – Starlink hatto Ukraina içkarisidagi nişonlarga hujum qilgan uzoq masofali dronlarga ham örnatilgan.
«Ayni paytda bu aloqaning uzilişi rossiyaliklarni boşqaruv va nazorat nuqtayi nazaridan qiyin ahvolga solib qöydi va bu esa ular endi uşbu bölinmalarni boşqarişda ananaviy vositalardan foydalanişga töğri kelişini anglatadi», – deydi NATO vakili.