USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Atom reaktori yuk samolyotida: AQŞ kaşşoflik qilişda davom etmoqda

268 марта

Atom reaktori yuk samolyotida: AQŞ kaşşoflik qilişda davom etmoqda

AQŞ Energetika va Mudofaa vazirligi ilk bor kiçik yadro reaktorini havo orqali köçirdi. Bu qadam texnologiya tezkor joylaştirilişi mumkinligini namoyiş etiş uçun amalga oşirilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Kaliforniyada joylaşgan “Valar Atomics” kompaniyasining “Vard” mikroreaktori S-17 harbiy yuk samolyotida Harbiy havo bazasiga yetkazilgan. Mikroreaktor – ananaviy atom elektr stantsiyalariga nisbatan kiçik, köçma yadro energiya qurilmasi. U uzoq va infratuzilmasi zaif hududlarga tez fursatda yetkazilişi mumkin.

Rasmiylarga köra, bu loyiha harbiy operatsiyalar uçun tezkor va mustaqil energiya manbai yaratişga qaratilgan. Tramp mamuriyati kiçik modulli reaktorlarni milliy xavfsizlik va suniy intellekt infratuzilmasi uçun zarur energiya manbai sifatida körmoqda.

“Valar Atomics” boş direktori Isaiah Teylorning aytişiça, miniven kattaligiga yaqin uşbu qurilma 5 megavattgaça elektr işlab çiqarişi mumkin. Bu taxminan 5 ming uy xöjaligini energiya bilan taminlaşga yetadi. Reaktor iyul oyida dastlab 100 kilovatt quvvat bilan işga tuşadi va bosqiçma-bosqiç töliq quvvatga çiqadi.

Manbaga köra, mikroreaktorlar işlab çiqaradigan elektr energiyasi yirik atom stantsiyalari yoki qayta tiklanuvçi manbalarga (quyoş va şamol energiyasi) qaraganda qimmatroq bölişi mumkin. Yana bir muammo sifatida radioaktiv çiqindi, yani yadro yoqilğisi işlatilgaç hosil böladigan xavfli çiqindi tilga olingan. Hozirça AQŞda uni doimiy saqlaş masalasi töliq hal etilmagan.

Şunga qaramay, Energetika vazirligi uçta mikroreaktorni joriy yil 4 iyulgaça yadroviy reaktsiya orqali özini özi davom ettira oladigan bosqiçga olib çiqişni rejalaştirmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, agar loyiha muvaffaqiyatli bölsa, mikroreaktorlar uzoq hududlar va harbiy bazalar uçun dizel generatorlariga muqobil energiya manbaiga aylanişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: