Turkiya özining yadro reaktorini işlab çiqara boşladi
15-09-2025, 18:10
91 марта

Turkiya özining yadro reaktorini işlab çiqara boşladi
Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kajirga köra, bu energiya mustaqilligini mustahkamlaş va importga qaramlikni kamaytirişga qaratilgan “Milliy texnologik sakraş” strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
“Biz boşlagan “Mahalliy yadroviy reaktorni rivojlantiriş çaqiriği” bilan energiya xavfsizligini taminlaşni, taşqi taminotga qaramlikni kamaytirişni va nol sof emissiya maqsadimizga erişişga hissa qöşişni rejalaştirmoqdamiz. TENMAK va TÜBİTAK institutlari iştirokida Turkiya sanoatining vakolatlaridan foydalangan holda yuqori texnologiyali reaktorlar işlab çiqiladi va mamlakatimizda vazirlik va universitetlar işga tuşiriladi”, degan u.Vazirning aytişiça, tanlovda iştirok etiş uçun arizalar 2025 yilning 31 dekabrigaça topşirilişi mumkin.
Turkiyadagi ilk atom elektr stantsiyasi “Akkuyu” hozirda Rossiya iştirokida qurilmoqda. U Rossiyada işlab çiqarilgan ilğor VVER-1200 3+ reaktorlariga ega törtta quvvat blokidan iborat. Har bir energiya blokining quvvati 1200 megavattni taşkil qiladi. “Akkuyu” AES qurilişi global atom sanoatida Build-Own-Operate modelidan foydalangan holda amalga oşirilayotgan birinçi loyihadir.
Turkiya Prezidenti joriy yilning 8 sentyabr kuni mamlakatda “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan Akkuyu atom elektr stantsiyasining işga tuşirilişi respublikaga yalpi içki mahsulotdan 50 milliard dollar olib kelişini aytgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Aydınlık” naşri Pentagon tomonidan yadro bombalarining modernizatsiya qilinişi ehtimoliy uruşda Turkiyani nişonga aylantirişi, çunki bunday 50 ta qurol Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasiga joylaştirilgani xabar qilingandi.