USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Anqara «2026 yil Turk dunyosining turizm poytaxti» deb elon qilindi

87 марта

Anqara «2026 yil Turk dunyosining turizm poytaxti» deb elon qilindi

Anqarada Turkiy Davlatlar Taşkiloti (TDT) Turizm vazirlarining 10-yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda TDT Boş kotibi Kubaniçbek Ömuraliyev, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, TDTga azo va kuzatuvçi davlatlardan delegatsiya rahbarlari hamda AK Partiya raisi örinbosari Kurşad Zorlu iştirok etdi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy oçiliş nutqida uşbu uçraşuvning mamlakatlar örtasidagi azaliy qardoşlik riştalarini yanada mustahkamlaşiga işonç bildirdi. Ersoy muştarak til, tarix, madaniyat va tsivilizatsiya tuşunçasi atrofida şakllangan Turk dunyosi mintaqaviy va global miqyosda yanada közga köringan va yaxlit bir tuzilişga aylanayotganini takidladi.
«TDT uşbu özgarişlarning institutsional asosini taşkil etar ekan, u bizga hamkorlik va umumiy salohiyatimizni işga soliş uçun bebaho imkoniyatlarni taqdim etadi», - dedi Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy.

Mehmet Nuri Ersoy TDTga azo davlatlar bilan turizm aloqalari aniq malumotlar bilan mustahkamlanganini takidlab, quyidagi malumotlarga töxtalib ötdi:
«2025 yilning dastlabki beş oyida Ozarbayjondan 317 ming, Qozoğistondan 203 ming, Qirğizistondan 79 ming, Özbekistondan 215 ming, Vengriyadan 58 ming, Şimoliy Kipr Turk Respublikasidan 106 ming va butun Turkistondan 70 ming nafar sayyohni qabul qildik. Şu munosabat bilan Turkiyaga körsatgan katta qiziqişingiz uçun barça qardoş xalqlarimizga va siz, qadrli hamkasblarimga çin qalbimdan minnatdorçilik bildiraman.»
Mehment Nuri Ersoy, şuningdek, vazirlik tomonidan madaniy meros hududlarida turistlar tajribasini boyitiş maqsadida amalga oşirilayotgan turli loyihalar bilan örtoqlaşdi va tungi muzey amaliyoti boşlanganini eslatdi.
Vazir 1 iyundan 1 oktabrgaça taşrif buyuruvçilar Ayasofya masjidi, Galata minorasi, Efes antik şahri, Nemrut va Zeugma mozaika muzeylari kabi 27 ta joyni keçqurunlari ham ziyorat qilişlari mumkinligini malum qildi. Ayasofya va Efesda amalga oşirilgan loyihalarga öxşab, yoşlarga raqamli kontent orqali tarixni örgatiş uçun raqamli tajriba muzeylari taşkil etganliklarini aytib ötdi.
Mehmet Nuri Ersoy, arxeologik qazişmalarning ilmiy samaradorlikni oşiriş va mahalliy taraqqiyotga hissa qöşayotganini takidladi. Unga köra, Gordiondagi 47-tepalikning kaşf qilinişi Anqaraning YuNESKO Jahon merosi röyxatidagi joyini tanitişida muhim rol öynaydi.

BMT Jahon Turizm Taşkiloti tomonidan elon qilingan 2025 yil may oyi Jahon Turizm Barometriga köra, Turkiya 2024 yilda 56,7 million xorijiy sayyohni qabul qilib, dunyoda törtinçi örinni egalladi. Ötgan yilga nisbatan bir poğona 5-örindan 4-öringa kötarilgan Turkiya bu sohada barqaror yuksalişini davom ettirdi.

«Qöşma turizm yönalişlari taşkil etiş, vizani yengillaştiriş, madaniy merosni birgalikda tarğib qiliş kabi qadamlar nafaqat mamlakatlarimizni, balki butun Turk dunyosini yanada körimli va jozibador qiladi», - deydi vazir uçraşuvga mezbonlik qilgan poytaxt Anqaraning tarixiy va madaniy boyligiga etibor qaratib.
Vazir Anqaraning Saljuqiylar davridan Usmonlilar va Jumhuriyat davrigaça bölgan çuqur ildizlarga ega tarixi bilan muhim tsivilizatsiya markazi ekanligiga töxtaldi va şunday dedi:
«Bularni inobatga olgan holda TDT huzurida Anqarani 2026 yil uçun «Turk dunyosining turizm poytaxti» deb elon qilmoqçi ekanligimizni mamnuniyat bilan bildirmoqçiman. Bu unvon Anqaraning madaniy diplomatiyadagi qudratini kuçaytirişiga va Turk dunyosidagi madaniy turizmga yangi turtki berişiga işonaman».

TDT Boş kotibi Kubaniçbek Ömuraliyev ham Turkiyaning turizm böyiça dunyo yetakçisi ekanini takidladi.
Ömuraliyev 2014yilda Bodrumda bölib ötgan sammitdan buyon TDT tarixiy, madaniy va geografik boyliklarni umumiy kuçga aylantiriş uçun katta say-harakatlar qilganini takidladi. Bugungi kunda TDT tomonidan amalga oşirilayotgan strategik va istiqbolli taşabbuslarda bu boğliqlik ruhi yaşayotganini qöşimça qildi:
«Bu qadimiy yöl savdo tarmoğidan ham köra köproq Şarq va Ğarbni murakkab hamkorlik tarmoğida boğlovçi ğoyalar, axborot va madaniyat almaşinuvi kanali edi».
Yiğiliş Turkiy davlatlar taşkiloti tomonidan Anqaraning 2026 yil «Turk dunyosining turizm poytaxti» deb elon qilinişi bilan yakunlandi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: