Rossiyada “terrorizmni oqlagan” Markaziy Osiyolik talaba qamaldi
19-02-2026, 10:18
197 марта

Rossiyada “terrorizmni oqlagan” Markaziy Osiyolik talaba qamaldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida tahsil olayotgan 23 yoşli qozoğistonlik talaba Garri Azaryan Rossiyada terrorizmni oqlaşda ayblanib, 8 oy qamalib çiqdi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.Malum qilinişiça, Azaryan universitetda siyosatşunoslik böyiça bakalavr darajasini olgan, keyin magistraturaga öqişga qabul qilingan. 2025 yil may oyida u “çap radikal terrorizm” işi bilan hibsga olingan.
Tergovga köra, u “Işçilar kuçi” (Raboçaya Vlast) guruhining talaba bölinmasiga azo bölgan va bir norasmiy yiğilişda “inqilob, sinf nafrati va köça kuçi” haqida gapirgan. Uning sözlarida, şuningdek, “istemolçilar, burjuaziya reformistlar, kapitalizmning aybi va qotilliklar”ga ham işoralar bölgan. Tergovçilar esa “Işçilar kuçi” guruhini Sankt-Peterburg universiteti hovlisida Minerva maketini osib, ustiga “Ilm öldi” degan yozuv qöyilgan tadbirdan keyin kuzata boşlagan.
Bundan taşqari, Azaryan “jamoat oldida terrorizmni oqlaş”da ayblanib, unga 2 yilga jazoni umumiy tartibli koloniyada jazoni ötaşi belgilangan. Iş maxsus tartibda körib çiqilgan. Prokurorlar esa unga 3 yillik umumiy tartibli jazoni söragan, advokatlar esa jarimani talab qilgan.
Tergovçilarga köra, Azaryan hukumatni zöravonlik bilan ağdarişga çaqirgan va bu harakatini Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi davrida qilgani oğirlaştiruvçi omil sifatida hisoblangan.
Oxirida Azaryan aybini tan olib, puşaymonligini bildirgan.
“Men ijtimoiy hayotga qaytib, foydali iş qilmoqçiman va endi radikal harakatlarga qöl urmayman”, degan u.
Talaba Azaryan sudgaça 8 oy hibsda qolgan va 2026 yil yanvar oyida ayrim faoliyatlarni bajariş taqiqi bilan ozod qilingan.