AQŞ internet çeklovlarini çetlab ötuvçi portal tayyorlamoqda – “Reuters”
20-02-2026, 06:08
153 марта

AQŞ internet çeklovlarini çetlab ötuvçi portal tayyorlamoqda – “Reuters”
Amerika Qöşma Ştatlari Davlat departamenti boşqa mamlakatlardagi foydalanuvçilarga öz hukumatlari tomonidan bloklangan malumotlardan foydalaniş imkonini beruvçi internet-portal işlab çiqmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, resursni freedom.gov manzilida joylaştiriş rejalaştirilgan. Platforma orqali Yevropa va boşqa davlatlar aholisi milliy kontent çeklovlarini çetlab ötişi mumkin böladi.
“Reuters” manbalaridan birining aytişiça, foydalanuvçi trafigini VPN texnologiyalari yordamida AQŞdan çiqayotgan kabi körsatiş masalasi ham muhokama qilingan. Şu bilan birga, uning takidlaşiça, Amerika rasmiylari portal foydalanuvçilarining faoliyatini kuzatişni rejalaştirmayapti.
Loyihaga Davlat kotibining örinbosari Sara Rojers rahbarlik qilmoqda. Taşabbusni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida taqdim etiş rejalaştirilgan, biroq taqdimot nomalum muddatga qoldirilgan.
Davlat departamenti içida mazkur ğoya bahs-munozaralarga sabab bölgan. Ayrim xodimlar platforma orqali ekstremistik yoki nafrat qözğatuvçi deb topilgan materiallardan ham foydalaniş imkoni paydo bölişidan xavotir bildirmoqda.