USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Ğazoda 5000 harbiyga möljallangan baza qurmoqçi

120 марта

Tramp Ğazoda 5000 harbiyga möljallangan baza qurmoqçi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Ğazo sektorida 5 ming nafar harbiyni joylaştiriş uçun Halqaro barqarorlaştiriş kuçlari (HBK) bazasini qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda davlat xaridlari hujjatlariga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.

Rejaga köra, baza Ğazoning janubida 350 akrdan ortiq (1,4 kvadrat kilometrdan ziyod) hududni egallaydi. Obekt 26 ta zirhli kuzatuv minorasi va tikanli sim bilan öraladi. Hududda otiş maydoni, bunkerlar va harbiy texnika omborlari joylaştiriladi. HBK yaqinda taşkil etilgan “Tinçlik kengaşi” tarkibiga kiradi. Unga Donald Tramp rahbarlik qiladi, uning kuyovi Jared Kuşner esa hamrahbar vazifasini bajaradi. Xabar qilinişiça, kengaşga BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan sektorni vaqtinça boşqariş va tartibni saqlaş uçun vakolat berilgan.
Naşrning yozişiça, jang hududlarida işlaşga ixtisoslaşgan xalqaro quriliş kompaniyalarining kiçik guruhi quriliş joyiga tanişuv taşrifini amalga oşirgan. Tramp mamuriyati vakili şartnoma böyiça izoh berişdan boş tortib, maxfiylik siyosatiga işora qilgan hamda “baza hududida amerikalik harbiylar bölmaydi”, degan.

AQŞ rejasi 2025 yil oktyabrda uruşning faol bosqiçi yakunlanganidan keyingi murakkab vaziyat fonida ilgari surilmoqda. BBC malumotiga köra, sulh boşlanganidan tört oy ötib HAMAS anklav ustidan nazoratni qayta tiklaşga kirişgan – soliq yiğmoqda, köçalarni patrul qilmoqda va sud tizimini boşqarmoqda.

Trampning tinçlik rejasining keyingi bosqiçi, jumladan, sektorni tiklaş, bevosita HAMASni qurolsizlantirişga boğliq. Muzokaraçilar qurol topşiriş tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Harakat vakili Hozem Qosim BBC’ga bergan bayonotida bu masalani “bosqinçilarning uruşni qayta boşlaşiga bahona qoldirmaydigan” va şu bilan birga Amerika Prezidenti rejasiga mos keladigan tarzda hal qiliş mumkinligini aytgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: