“Tolibon” 500 dan ortiq musiqa asbobini yoqib yubordi
20-02-2026, 11:27
227 марта

“Tolibon” 500 dan ortiq musiqa asbobini yoqib yubordi
Afğonistonning markaziy Parvon viloyatida “Tolibon” muvaqqat hukumatining ezgulikni tarğib qiliş, illatlarning oldini oliş va şikoyatlarni körib çiqiş departamenti 500 dan ortiq musiqa asboblari hamda ular bilan boğliq buyumlarni yöq qildi. Bu haqda keça, 18 fevral kuni “Pajhwok Afghan News” xabar berdi.Departament rahbari Mavlaviy Maqbul Ahmad Vakasning naşrga bergan malumotiga köra, ötgan yil davomida viloyat markazi va tumanlarda raqs va bayram tadbirlarida qöllanilgan, rasmiylarning fikriça şariat meyorlariga zid bölgan musiqa asboblari va atributlar yiğib olingan.
Vakasning aytişiça, asboblarni yoqib yuboriş Gulgandi tumanida viloyat mamuriyati, razvedka hamda boşqa vakolatli organlar vakillari iştirokida amalga oşirilgan. U, şuningdek, aholini şariat qonunlariga mos kelmaydigan buyumlardan foydalanmaslikka çaqirgan.