Suiqasdlar, mojarolar va uruş: Zelenskiy tört yillik sinovdan qanday omon qoldi?
21-02-2026, 09:31
189 марта

Suiqasdlar, mojarolar va uruş: Zelenskiy tört yillik sinovdan qanday omon qoldi?
2022 yil fevralida Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirgan paytda Vladimir Zelenskiy mamlakatni tark etgani haqidagi miş-mişlar tarqaldi. Kiyev öqqa tutilayotgan bir vaqtda u prezidentlik binosi oldida turib, “Biz şu yerdamiz”, deya bayonot bergan edi. Bu çiqiş uning ramziy qarşilik timsoliga aylanişiga turtki böldi. Bu haqda CNN yozmoqda.Manbalarga köra, Kremlning dastlabki rejalarida Zelenskiyni qölga oliş yoki yöq qiliş közda tutilgan edi, hatto Rossiya agentlari Prezident devoni yaqinida kvartiralar ijaraga olgani aytiladi. Uruş boşidan buyon u önlab suiqasd urinişlaridan omon qolgani takidlanadi.

Uruş törtinçi yiliga kirar ekan, Zelenskiy nafaqat taşqi bosim, balki içki siyosiy inqirozlar bilan ham yuzlaşdi. Korruptsiya mojarolari uning yaqin safdoşlari va vazirlarini lavozimidan mahrum qilgan. 2024 yilda u maşhur boş qömondon Zalujniy Valeriyni işdan oldi, ayrimlar buni siyosiy raqibni çetlatiş sifatida baholadi.
Ukraina dastlabki bosqiçda Kiyevni himoya qilib, keyinroq ayrim hududlarni qaytarib olgan. Biroq 2023 yilgi qarşi hujum kutilgan natijani bermagan. 2024 yil avgustida Kursk viloyatiga kutilmagan reyd qisqa muddatli ruhiy kötarinkilik bergan, ammo front çiziğidagi turğunlik saqlanib qolgan.
Şu orada Zelenskiy Ğarb yordamiga tayanişga majbur böla boşladi. Yevropa davlatlari, jumladan, Germaniya dastlab ikkilanib turgan bölsada, keyinçalik Kiyevni qurol bilan qöllab-quvvatlagan. AQŞ bilan munosabatlar esa murakkablaşgan. Ayniqsa, Tramp bilan Oq uydagi keskin uçraşuv Zelenskiyni xalqaro maydonda oğir vaziyatga solgan bölsa-da, içkarida uning reytingini oşirgan.

Zelenskiy siyosatga kelguniga qadar şou-biznesda tanilgan edi. “Servant of People – Xalq odami” serialida oddiy öqituvçidan Prezidentga aylangan qahramonni ijro etgan aktyor 2019 yilda haqiqiy saylovda ğalaba qozongan. Uning kommunikatsiya mahorati, qisqa videomurojaatlari uruş davrida muhim rol öynagan.

Sörovlar natijalariga köra, u hanuz ukrainaliklarning yarmidan köpi işonçini saqlab qolgan. Biroq uruş çözilgani sari siyosiy kelajagi noaniq bölib bormoqda. Saylov ötkaziş masalasi jamiyatda bahsli. Aksariyat fuqarolar uruş tugamagunça ovoz berişga qarşi.
Zelenskiyning rafiqasi Olena Zelenska uruş oilaviy hayotga oğir zarba berganini tan oladi. Prezidentning özi esa tong sahardan front hisobotlarini qabul qilib, deyarli tinimsiz işlaydi.

Umuman olganda, tört yillik uruş, suiqasd tahdidlari va siyosiy böronlarga qaramay, Zelenskiy hokimiyatda qolmoqda. Şunga qaramay, Kreml bosimi, frontdagi turğunlik va murakkab diplomatik muzokaralar fonida uning oldidagi sinovlar hali yakunlangani yöq.