Zelenskiyning dösti Ukrainadan qoçib ketdi – OAV
19-02-2026, 11:14
415 марта

Zelenskiyning dösti Ukrainadan qoçib ketdi – OAV
Ukrainada Prezident Vladimir Zelenskiyning yaqin dösti Sergey Şefir mamlakatni tark etdi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.
Ukraina OAVlari Sergey Şefirning Varşava aeroportida tuşirilgan suratlarini tarqatgan. Xabarlarga köra, Kiyev rejimi rahbarining sobiq birinçi yordamçisi 17 fevral kuni Ukrainani tark etgan.
Takidlanişiça, uning ketişi Ukrainadagi yirik korruptsiya işlari bilan boğliq. Naşrlarga köra, u hibsga olinişidan qörqib, mamlakatni tark etgan.
Malumot uçun, Sergey Şefir – ukrainalik prodyuser, stsenariynavis va siyosiy arbob. U 1964 yil 25 mayda Ukrainaning Rog şahrida tuğilgan.
Şefir keng jamoatçilikka köproq ijodiy faoliyati orqali tanilgan. U akasi Boris Şefir hamda Vladimir Zelenskiy bilan birga “Kvartal-95” studiyasining hammuassisi bölgan. Uşbu studiya köplab maşhur köngiloçar dasturlar va seriallar, jumladan “Sluga naroda” (“Xalq xizmatkori”) loyihasini yaratgan. Mazkur serialda Vladimir Zelenskiy boş rolni ijro etgan va keyinçalik Ukraina Prezidenti bölgan.
2019 yilda Zelenskiy Prezident etib saylangaç, Şefir Ukraina Prezidenti devonida birinçi yordamçi lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda siyosiy va taşkiliy masalalar bilan şuğullangan. 2021 yilda unga qarşi suiqasd uyuştirilgan: uning avtomobili öqqa tutilgan, biroq Şefir omon qolgan (haydovçisi yaralangan).