USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eron qirğoqlari yaqinida yirik texnikalarini töpladi

171 марта

AQŞ Eron qirğoqlari yaqinida yirik texnikalarini töpladi

Eron bilan munosabatlar keskinlaşgani fonida Vaşington Yaqin Şarqqa katta harbiy kuç yuboryapti. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Unga köra, bu sönggi 20 yil içida mintaqadagi eng katta Amerika harbiy guruhi hisoblanadi.

Hozir u yerda kamida ikkita avianosets bor. Yanvardan beri Arab dengizida USS Abraham Lincoln avianosetsi va boşqariluvçi raketali esminetslar turibdi. Yaqinda esa AQŞ eng yirik avianosetsi – Gerald R. Ford’ni ham qöşimça kemalar bilan birga jönatdi.
Kuzatuv xizmati “Flightradar24” malumotlariga köra, Amerika harbiy transport samolyotlari, yoqilği quyiş samolyotlari va razvedka samolyotlari qatnovi keskin oşgan. Ular Qatar, Iordaniya, Krit oroli va Ispaniyadagi bazalarga uçmoqda. Jumladan, oğir harbiy texnikani taşişda işlatiladigan C-130J Super Hercules samolyotlari ham yuborilgan.
Naşr bu kuçlarni 2003 yilda, AQŞ Iroqqa bostirib kirişidan oldingi töplangan kuçlar bilan taqqoslamoqda. Lekin hozirça Amerika quruqlik qöşinlarini kiritiş niyatida emas. OAVning yozişiça, Donald Tramp Eronni tezroq yadroviy kelişuvga majbur qiliş uçun zarba beriş imkonini körib çiqmoqda.

Tramp yaqinda Eronni kelişuvni çözsa, juda yomon oqibatlar bölişi bilan ogohlantirdi. U Tehronga 10–15 kunlik muddat bergan. Ayni paytda u muzokaralar yaxşi ketayotganini aytgan, lekin şu muddat içida aniq kelişuvga erişişni talab qilgan.


Şu hafta Jenevada Eron va AQŞ örtasida bilvosita muzokaralarning ikkinçi bosqiçi bölib ötdi. Tomonlar ehtimoliy yadroviy kelişuvning “asosiy tamoyillari” böyiça kelişib olgani aytilmoqda.
Xabarlarga köra, Eron uranni boyitişni uç yilgaça töxtatib turiş, zaxiralarning bir qismini çet elga çiqariş va sanktsiyalar bekor qilinsa, AQŞ bilan iqtisodiy kelişuvlarni muhokama qilişga tayyorligini bildirgan. Ammo Tehron boyitiş jarayonini öz hududida saqlab qolişni istayapti, Vaşington esa bunga qarşi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: