Meksikada maşhur narkobaron öldirilişi ortidan katta tartibsizliklar boşlandi
23-02-2026, 10:18
319 марта

Meksikada maşhur narkobaron öldirilişi ortidan katta tartibsizliklar boşlandi
Meksika Qurolli kuçlari maxsus operatsiya davomida mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan birining yetakçisi, “El Menço” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesni yöq qilgani haqida xabar berilgandi. Uning öldirilişi ortidan mamlakat ulkan tartibsizliklar içida qoldi. Bu haqda “Milenio” xabar berdi.U köp yillar davomida “Xalisko yangi avlodi” karteliga rahbarlik qilgan va mamlakatdagi eng şafqatsiz jinoyatçilardan biri sifatida tanilgan. “The New York Times” naşrining yozişiça, u davlat xavfsizlik kuçlari bilan oçiq töqnaşuvlardan çöçimagan. Kartel asosan kokain, metamfetamin va fentanilni AQŞga yetkazib beriş bilan şuğullangan.
Ştat gubernatori Pablo Lemus Navarro ijtimoiy tarmoqlarda kartel azolari bilan Qurolli kuçlar örtasida töqnaşuvlar bölganini tasdiqlagan. Uning aytişiça, xavfsizlik kuçlari paydo bölgaç, kartelga aloqador şaxslar operatsiyaga tösqinlik qiliş maqsadida avtomobillarni yoqib yuborgan va yöllarni tösib qöygan.
“El Menço”ning ölimi butun Meksika böylab tartibsizliklarga sabab bölgan. Naşr malumotiga köra, kamida beş ştatda, jumladan Xaliskoda ham ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelgan. Mahalliy aholi va rasmiylar avtomobillar yoqib yuborilgani va köçalar tösib qöyilganini bildirgan – bu narkokartellar tomonidan tez-tez qöllaniladigan usul hisoblanadi.
Xalisko ştatida favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Ayrim hududlarda jamoat transporti faoliyati töxtatilgan, aholiga esa binolarni tark etmaslik tavsiya qilingan. Yonğinlar ştat poytaxti – Gvadalaxarada ham kuzatilgan.
Puerto-Valyarta va Gvadalaxara aeroportlari vaqtinça reyslarni qabul qilmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda aeroport binolarida panoh izlayotgan yölovçilar aks etgan videolar tarqalmoqda.
Tartibsizliklar fonida AQŞning Meksikadagi elçixonasi Xalisko, Tamaulipas, Miçoakan, Gerrero va Nuyevo-Leon ştatlarida bölgan Amerika fuqarolariga xavfsiz joyda qoliş va taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilgan.