USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“El Menço” öldirilişi ortidan AQŞ Meksikani tabrikladi

94 марта

“El Menço” öldirilişi ortidan AQŞ Meksikani tabrikladi

AQŞ Davlat departamenti Meksikadagi yirik narkokartel rahbari Nemesio Osegera Servantesni (laqabi “El Menço”) öldirilişini “ulkan voqea” deb baholadi. Bu haqda AQŞ Davlat kotibining örinbosari Kristofer Landau X sahifasida yozib qoldirdi.

Landauning aytişiça, “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari Nemesio Osegera Servantes (laqabi “El Menço”) eng qonxör va şafqatsiz narkobaronlardan biri bölgan.

Landau X tarmoğida bu voqeani Meksika, AQŞ, Lotin Amerikasi va butun dunyo uçun katta yangilik deb atagan va Meksika huquq-tartibot idoralarini tabriklagan. Şu bilan birga, u qotillikdan keyingi zöravonliklardan xavotir bildirib, “yomonlar terror bilan javob berişi ajab emas, lekin xotirjamlikni yöqotmaslik kerak”, deb yozgan.

Servantes 22 fevral kuni Meksika maxsus kuçlari operatsiyasi vaqtida öldirilgan. Mamlakat Mudofaa vazirligi malum qilişiça, harbiylar hujumga uçragan, otişmada kartelning tört azosi halok bölgan, uç kişi oğir yaralangan va yölda vafot etgan. Ular orasida Servantes ham bölgan.
Uning ölimi ortidan kamida töqqiz ştatda tartibsizliklar boşlangan. Avtomobillar va dökonlarga öt qöyiş, yöllarni tösiş holatlari kuzatilgan.

Meksika Prezidenti Klaudiya Şeynbaum mamlakatning katta qismida vaziyat nazoratda ekanini bildirgan. Şu bilan birga, Rossiya elçixonasi öz fuqarolarini Xalisko ştatiga safar qilmaslik va odamlar töplangan joylardan uzoq bölişga çaqirgan.
Mahalliy OAVlarga köra, “El Çapo” laqabli Xoakin Gusman Loera qölga olinganidan keyin Servantes Meksikadagi eng qudratli narkobaronga aylangan. Uning davrida kartel metamfetamin va fentanil savdosida dunyoning 40 ga yaqin mamlakatigaça tasirini kengaytirgan.

Guruh 2010 yilda Xalisko ştatida taşkil topgan, keyinçalik esa butun mamlakat böylab öz tasirini kengaytirgan. Sobiq politsiyaçi bölgan “El Menço” AQŞga katta miqdorda kokain, metamfetamin va fentanil kontrabandasini amalga oşirgan qudratli jinoiy tuzilmani barpo etgan. AQŞ uning joylaşuvini aniqlaşga yordam beradigan malumot uçun 15 million dollar mukofot elon qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: