Eron Rossiya bilan maxfiy kelişuv tuzgan – OAV
23-02-2026, 12:35
357 марта

Eron Rossiya bilan maxfiy kelişuv tuzgan – OAV
Eron Rossiya bilan 500 million yevrolik qurol yetkazib beriş böyiça maxfiy kelişuv tuzgan. Bu haqda “Financial Times” naşri xabar berdi.Naşr qöliga tuşgan hujjat va manbalarga köra, kelişuv 2025 yilning dekabr oyida Moskvada imzolangan, yetkazib berişlar esa 2027–2029 yillarga möljallangan. Ayrim tizimlar allaqaçon Eronga topşirilgan bölişi mumkin. Gap 500 dona “PZRK Verba” köçma zenit-raketa majmuasi va ularga möljallangan 2,5 mingta raketa haqida bormoqda. Bir dona raketa narxi 170 ming yevro, uçiş qurilmasi esa 40 ming yevro deb baholangan. Şartnomaga, şuningdek, 500 dona “Mauli-2” tungi köriş moslamasi ham kiritilgan.
Naşr malumotiga köra, bitim “Rosoboroneksport” va Eron Mudofaa vazirligining Moskvadagi vakolatxonasi örtasida tuzilgan. Kompaniya izoh söroviga javob bermagan, Kreml ham masalaga izoh berişdan boş tortgan. Naşr yozişiça, kelişuvni vakolatxona xodimi Ruhullo Katebi muvofiqlaştirgan. AQŞ uni 2024 yilda sanktsiyalar röyxatiga kiritib, “Rossiya hukumati bilan aloqa qiluvçi şaxs” deb atagan.
Eronning Moskvadagi elçisi Kozim Jaloliy ilgari Eron televideniyesiga bergan intervyusida Rossiyadan amalga oşirilgan bir neçta reyslarda harbiy yuklar bölganini aytgan. U sönggi yillarda ikki davlat örtasida muhim harbiy kelişuvlar tuzilayotganini, yetkazib berişlar esa uşbu bitimlar bajarilayotganini körsatayotganini takidlagan, biroq tafsilotlarni oçiqlamagan.
Naşrning yozişiça, Rossiyaning Il-76TD transport samolyoti sönggi sakkiz kun içida kamida uç marta Mineralniye Vodi şahridan Eronning Karaj şahriga parvoz qilgan, yana bir reys dekabr oxirida amalga oşirilgan. Şuningdek, yanvar oyida Eron Rossiyadan oltitagaça Mi-28 vertolyotini olgani, ulardan biri şu oy Tehronda qöllangani aytilmoqda.