Biz kuraşdik va Ukrainani saqlab qoldik – Zelenskiy bunkerdan xalqqa murojaat qildi
24-02-2026, 18:13
75 марта

Biz kuraşdik va Ukrainani saqlab qoldik – Zelenskiy bunkerdan xalqqa murojaat qildi
Bugun, 24 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan boşlangan keng kölamli uruşning tört yilligi munosabati bilan xalqqa videomurojaat yölladi. Bu haqda davlat rahbari özining Telegram-kanalida malum qildi.Zelenskiy nutqi davomida uruşning ilk kunlari, xalqning tanlovi, oğir yöqotişlar va tinçlik masalasi haqida köplab bayonotlar bergan. Prezident dastlab uşbu tarixiy sanani eslagan. Uning takidlaşiça, öşa kunlarda köpçilik Ukraina tez taslim böladi, deb öylagan. Ammo ukrainaliklar boşqaça yölni tanlagan.
“Bugun Putin Kiyevni uç kunda egallab olişni vada qilganiga tört yil töldi. Bizning hozirgi holatimiz Ukraina şu vaqt davomida qanday kuraşgani haqida köp narsadan darak beradi. Bu yutuqlarimiz ortida ulkan jasorat, maşaqqatli mehnat, sabr-toqat va 2022 yilning 24 fevralidan buyon bosib ötilgan katta yöl turibdi”, deydi Zelenskiy.Ukraina rahbari uruş boşida xalqning ruhiy holati haqida ham gapirgan.
“Biz hammamiz insonmiz va öşa vaqtda har birimiz qörquv va kuçli oğriqni his qildik. Ana şunday murakkab holatda barçamiz boşqa Ukrainamiz yöqligini tuşundik”, deydi u.Zelenskiy 2022 yilda öziga mamlakatni tark etiş taklif qilinganini yana bir bor eslatgan.
“Menga bu vaqtda zarur harbiy qurollar kerak edi. Davlatimni qiyin ahvolda taşlab ketiş haqida esa öylaganim yöq. Men Rossiya armiyasining harakatlarini keskin qoralayman. Haqiqiy insonlar bunday yöl tutişmaydi”, deydi davlat rahbari.Prezident Rossiyaning hujumlarini “suveren davlatga qarşi tajovuz” deb atagan.
“Bu şunçaki oddiy uruş emas – bu “aqlsiz” davlatning suveren davlatga hujumi. Putinning bu qarorini heç qanday sabablar bilan oqlab bölmaydi”, deydi u.Zelenskiy Ukrainaning qarşiligi va matonati haqida alohida töxtalgan.
“Ukrainani mağlub etişning imkoni yöq. Biz qatiy ravişda qarşilik körsatamiz va kuraşişda davom etamiz. Ukraina nafaqat zarbalarga turib bera oldi, balki qarşi hujum ham qildi. Biz uzoq yölni bosib ötdik. Oddiy jiletlardan tortib, millionlab dronlar işlab çiqaradigan davrga yetdik”, deydi Zelenskiy.Ukraina rahbari Rossiya bosimi davom etayotganini takidlar ekan, öz navbatida tinçlik masalasiga ham töxtalgan.
“Putin Ukrainani jang maydonida mağlub eta olmasligini tuşunadi. Albatta, barçamiz uruşning tugaşini xohlaymiz. Lekin heç kim Ukrainaning taslim bölişiga yöl qöymaydi. Biz tinçlik tarafdorimiz. Muzokaralarda ham Ukraina manfaatlarini öylagan holda kuçli va adolatli qarorlari qabul qilinişi lozim”, deydi u.Sözining oxirida Ukraina rahbari xalqiga murojaat qilgan.
“Men sizlar bilan faxrlanaman. Har biringizga aholida hurmatimni izhor qilaman. Biz kuraşdik va Ukrainani saqlab qoldik. Birligimiz va qatiyatimiz bilan ğalabaga erişamiz. Ukrainaga şon-şaraflar bölsin”, deydi Vladimir Zelenskiy.