USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI 90 mlrd yevroni Ukrainaga “baribir” ajratadi — fon der Lyayen

71 марта

YeI 90 mlrd yevroni Ukrainaga “baribir” ajratadi — fon der Lyayen

Vengriya YeI krediti ajratilişini bloklayotganiga qaramay, Ukraina baribir 90 mlrd yevro miqdoridagi foizsiz kreditni Yevropa Ittifoqidan oladi, dedi Yevrokomissiya (EK) raisi Ursula fon der Lyayen. U bu haqda seşanba kuni, 24 fevralda Kiyevdagi matbuot anjumanida bayonot berdi.

“Men bu yerda töliq aniqlik kiritmoqçiman. Bu kredit Yevropa kengaşida 27 davlat va hukumat rahbarlari tomonidan kelişilgan. Ular söz bergan. Bu söz buzilişi mumkin emas”, — dedi fon der Lyayen va YeIda buni amalga oşiriş uçun “turli variantlar” borligini, ular işga solinişini qöşimça qildi.

Ursula fon der Lyayenning aytişiça, kreditning Ukraina uçun ustuvor vazifasi — “mudofaa sohasidagi eng dolzarb ehtiyojlar”ni qondiriş. “U jasur Ukraina kuçlari uçun ilğor mudofaa uskunalarini sotib oliş, işlab çiqariş, yaratişga yordam beradi”, — dedi YeK raisi.

20 fevral kuni Vengriya Ukrainaga kredit ajratilişini blokladi. Bu mamlakat taşqi işlar vaziri Peter Siyyartoning aytişiça, Budapeşt “Drujba” neft quvuri orqali Vengriyaga neft tranziti tiklanmagunça öz pozitsiyasini özgartirmaydi. Ukraina malumotlariga köra, Ukraina hududi orqali ötib, Rossiya neftini Slovakiya va Vengriyaga yetkazib beradigan mazkur quvur 27 yanvar kuni RF zarbalari oqibatida şikastlangan va şu tufayli neft yetkaziş töxtatilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 24 fevral kuni matbuot anjumanida quvur vayron bölişi uçun masuliyat Moskva zimmasida ekanini bildirdi. U Vengriya boş vaziri Viktor Orbanni obektga zarbalarni töxtatiş uçun RF prezidenti Vladimir Putin bilan töğridan töğri muzokara olib borişga çaqirdi va Ukrainaga nisbatan çeklovlarni qöllamaslikni söradi. “Quvurni Rossiya vayron qildi. Şuning uçun, agar Orban qandaydir moliyaviy qöllab-quvvatlaşni bloklamoqçi bölsa, u buni Rossiyaga nisbatan qilişi mumkin. Lekin Ukrainaga nisbatan emas. Bu quvur vayron bölişiga sababçi biz emasmiz”, — deya takidladi Ukraina rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: