Modi Instagram’da eng köp obunaçiga ega dunyo yetakçisiga aylandi
26-02-2026, 16:39
337 марта

Modi Instagram’da eng köp obunaçiga ega dunyo yetakçisiga aylandi
Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Instagram ijtimoiy tarmoğida 100 milliondan ortiq obunaçiga ega bölgan birinçi dunyo yetakçisiga aylandi. Bu haqda “Times of India” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, Modi özining ijtimoiy tarmoq sahifasini 2014 yilda oçgan. Hozirga kelib uning kuzatuvçilari soni 100 milliondan oşdi va bu körsatkiç boşqa yirik siyosatçilarnikidan ança yuqori.
Taqqoslaş uçun, AQŞ Prezidenti Donald Trampning 43,2 million, Indoneziya Prezidenti Prabovo Subiantoning 15 million, Braziliya Prezidenti Luic Inasiu Lula da Silvaning 14,4 million hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning 11,6 million obunaçisi bor.
Şuningdek, Hindistonda Uttar-Pradeş ştati boş vaziri Yogi Adityanathning 16,1 million, muxolifat yetakçisi Rahul Gandining esa qariyb 12,6 million obunaçisi mavjud.