USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropa nikotin domidan çiqolmayapti – JSST

85 марта

Yevropa nikotin domidan çiqolmayapti – JSST

Yevropa va Markaziy Osiyodagi 53 davlat 2030 yilga borib ham dunyoda tamaki mahsulotlari eng köp istemol qilinadigan mintaqa bölib qolişi mumkin. Umumiy körsatkiçlar pasayayotganiga qaramay, elektron sigaretalar va nikotin mahsulotlari yoşlar orasida yangi tölqinni şakllantirmoqda. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hisobotiga tayanib, “Euronews” xabar berdi.

Manbaga köra, 2024 yilda mintaqada 173 million kişi tamaki istemol qilgan. Har yili 1,1 milliondan ortiq ölim nikotin bilan boğliq yuqumli bölmagan kasalliklar hissasiga töğri keladi. 13–15 yoşli qariyb tört million ösmir turli tamaki mahsulotlaridan foydalanmoqda, elektron sigareta istemoli esa şu yoş toifasida 14,3 foizga yetgan.
Hisobotda qayd etilişiça, ayollar orasidagi holat ayniqsa taşvişli: dunyodagi katta yoşli ayollarning 40 foizdan ziyodi aynan Yevropa hududiga töğri keladi. Mintaqa 2025 yilga qadar ayollar örtasida tamaki istemolini 30 foizga qisqartiriş maqsadiga erişa olmagan, 2010 yildan beri pasayiş atigi 12 foizni taşkil etgan.

Mutahassislar yoşlarni nikotin qaramligidan himoya qiliş va soğliq siyosatiga sanoat aralaşuvini çeklaş zarurligini aytmoqda. Şuningdek, Belgiya, Daniya va Niderlandiya kabi davlatlar yangi mahsulotlarni tartibga soliş, tam beruvçi qöşimçalarni taqiqlaş va reklamaga çeklov joriy etiş orqali ijobiy namuna körsatayotganini takidlangan. Hozirça 53 davlatdan faqat 18 tasida barça jamoat joylarini qamrab olgan töliq çekiş taqiqlari amal qiladi. Yevropa Ittifoqida tamakiga soliq qoidalarini yangilaş böyiça muzokaralar davom etmoqda, ammo stavkalarni oşiriş taklifiga ayrim azo davlatlar qarşilik bildirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: