USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyadagi noqonuniy migrantlar: özbekistonliklar antireyting yetakçilaridan

150 марта

Turkiyadagi noqonuniy migrantlar: özbekistonliklar antireyting yetakçilaridan

Turkiya Içki işlar vazirligining Migratsiya boşqarmasi mamlakatda qölga olingan noqonuniy migrantlar soni böyiça statistik malumotlarni elon qildi. Unda Özbekiston Afğoniston va Suriyadan keyin uçinçi örinni band etdi. Bu haqda Migratsiya boşqarmasi saytida elon qilingan hisobotda keltirilgan.
 
Rasmiy malumotga köra, sönggi yillarda eng köp uşlangan noqonuniy migrantlar orasida Afğoniston fuqarolari yetakçilik qilgan. 2024 yilda 66 815 afğonistonlik qölga olingan bölsa, 2025 yilda 44 157 nafarni taşkil etgan. 2026 yil boşidan buyon bu körsatkiç 5 372 nafarga yetgan.  
​
Şuningdek, mazkur holat böyiça ikkinçi örinda Suriya fuqarolari örin olgan. 2024 yilda 50 641 nafar noqomumiy migrant qayd etilgan bölsa, 2025 yilda 22 515 nafar Suriya fuqarosi qölga olingan. Joriy yil boşidan hozirga qadar esa uşbu raqam 2 361 nafarni taşkil etgan.
 
Uçinçi örinni esa özbekistonlik noqonuniy migrantlar egallagan. 2024 yilda 11 521 nafarni taşkil etgan raqamlar 2025 yil söngida 13 685 nafarga yetgan. Bu 2024 yilga nisbatan 18,8 foizga köp degani. 2026 yil 19 fevral holatiga köra, 1 437 nafar Özbekiston fuqarosi uşlangan.

Bundan taşqari, Turkmaniston, Eron, Iroq, Misr, Sudan va Jazoir fuqarolari ham statistikada qayd etilgan. 2026 yil boşidan buyon Turkmaniston fuqarolaridan 1 354 nafar, Eron fuqarolaridan 1 143 nafar, Iroq fuqarolaridan 640 nafar, Misr va Marokaş fuqarolaridan 437 nafardan, Sudan fuqarolaridan 358 nafar hamda Jazoir fuqarolaridan 285 nafar şaxs qölga olingan.
Malumotlarga köra, 2022 yildan keyin noqonuniy migrantlar böyiça umumiy körsatkiçlarda bosqiçma-bosqiç pasayiş kuzatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: