USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya Ukrainaga ilk bor tabiiy gaz yetkazib berişni boşladi

88 марта

Germaniya Ukrainaga ilk bor tabiiy gaz yetkazib berişni boşladi

Germaniya özining eng yirik oroli — Ryugendagi suyultirilgan tabiiy gaz terminali orqali Ukrainaga gaz yetkazib berişni boşladi. Bu haqda Ukrainaning “Naftogaz” energetika kompaniyasi va Germaniya tomoni bayonotiga tayanib, Euronews xabar berdi.

German Baltic deb nomlangan mazkur terminal tankerlarda olib kelingan suyultirilgan gazni (jumladan, AQŞdan keltirilgan zaxiralarni) qayta işlaş va Germaniya quvurlar tarmoğiga yönaltiriş bilan şuğullanadi. Qişki isitiş mavsumida uşbu terminal öz faoliyatini sezilarli darajada oşirdi.
Ryugen orolidagi terminalni boşqaruvçi Deutsçe ReGas  xususiy operatori ham uşbu xabarni tasdiqladi.

“Ukrainaning energetika xavfsizligiga bevosita hissa qöşayotganimizdan ğoyatda faxrlanamiz”, dedi Deutsçe ReGas boş direktori Ingo Vagner.

 
Kompaniyaning qayd etişiça, Ryugendagi inşoot Germaniyadagi yagona xususiy moliyalaştirilgan va Ukrainani gaz bilan taminlayotgan gaz terminali hisoblanadi.

Yetkazib beriş yönalişi va strategik ahamiyat
Gaz yetkazib beriş Polşa hududi orqali amalga oşirilmoqda va bu yaqin kelajakda Ukrainaning energiya ehtiyojlarini qoplaşga yordam berişi kutilmoqda. Ingo Vagnerning sözlariga köra, bu jarayon terminalning Markaziy va Şarqiy Yevropa uçun strategik ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

“Naftogaz” rahbari Sergiy Koretskiy uruş va anomal sovuq sababli bu yilgi qiş eng oğiri bölganini takidladi:

“Gaz infratuzilmasiga qilinayotgan töxtovsiz hujumlar va haddan taşqari sovuq tufayli uşbu qiş uruş boşlanganidan beri eng qiyini böldi. Yangi hamkorlik joriy yil uçun işonçli import yönalişini oçadi. Bu kelişuv uzoq muddatli şeriklik yölidagi ilk qadamdir”, dedi Koretskiy.

Rossiya gaziga muqobil: Germaniyaning yangi energetika siyosati
Rossiya tört yil avval Ukrainaga keng kölamli bosqinni boşlagaç, Yevropaga gaz eksportini töxtatgan edi. Şundan söng, Germaniya va butun Yevropa muqobil energiya manbalarini qidirişga tuşdi.
Hozirda Germaniyada beşta suyultirilgan gaz terminali faoliyat körsatmoqda. Mutaxassislarning fikriça, suyultirilgan gaz terminallari gazni mavjud quvurlar tuzilmasiga boğlanmagan holda qabul qiliş imkonini beradi, bu esa taminot xavfsizligini kafolatlaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: