USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy qayerda?

373 марта

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy qayerda?

Bugun, 28 fevral kuni Isroil va AQŞning Eronga hujumidan söng turli ommaviy axborot vositalarida Oliy rahbar Oyatullox Ali Homanaiyning Tehron şahrida emasligi, u xavfsiz joyga köçirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, sönggi oylarda 86 yoşli Homanaiy deyarli jamoatçilikka köriniş bermagan. 2025 yil iyun oyida Isroil tomonidan yuqori lavozimli amaldorlar va strategik obektlarga qarşi amalga oşirilgan hujumlardan söng u xavfsizlik nuqtai nazaridan yer osti bunkeriga köçirilgan. Ayrim malumotlarga köra, Oliy rahbar oxirgi 30 kun davomida oçiq maydonda umuman köriniş bermagan.
Bu holat Ğarb OAVlarida turliça talqin qilingan. Bazi naşrlar Homanaiyning “soyaga çekinişi” uning siyosiy tasiri kamayganini anglatişi mumkinligini malum qilgan. Hatto ayrim manbalar Eron içida siyosiy va harbiy elita örtasida hokimiyat uçun kuraş ketayotgani haqida taxminlarni ilgari surgan.

Eron içida esa Oliy rahbarning uzoq muddat körinmasligi ijtimoiy tarmoqlarda kinoyali munosabatlarga sabab bölgan. Ayrim muxolif doiralarda unga nisbatan “Mouşe-Ali” (“Siçqonça Ali”) kabi laqablar paydo böldi. Bu esa uning xavfdan yaşirinayotgani haqidagi qaraşlarni aks ettiradi.

“Ynet” naşriga köra, sönggi vaqtlarda Homanaiy bilan uçraşadigan yuqori lavozimli amaldorlar ham uning joylaşuvi sir tutilişi uçun közlari boğlangan holda yer osti bunkeriga olib borilgan. Xabarlarda takidlanişiça, hatto Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Larijoniy ham Ummondagi muzokaralarga jönab ketişidan oldin Oliy rahbar bilan uçraşuvga közlari boğlangan holda borgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: