Xomanaiyning ehtimoliy vorisi kim bölişi aytildi
1-03-2026, 03:28
484 марта

Xomanaiyning ehtimoliy vorisi kim bölişi aytildi
AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) hujumlardan ikki hafta oldin ötkazilgan tahlillarga tayanib, agar AQŞ va Isroil operatsiyasi davomida Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilsa, uning örnini Islom inqilobi qöriqçilari korpusining aşaddiy vakillari egallaşi mumkinligini taxmin qilgan. Bu haqda razvedka malumotlaridan xabardor bölgan ikkita manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Naşrning yozişiça, uşbu elita harbiy kuçining asosiy vazifasi Erondagi şia musulmon ulamolari boşqaruvini himoya qilişdan iborat. Makzur baholaşlar AQŞ aralaşuvidan keyin Eronda nimalar sodir bölişi mumkinligi va harbiy operatsiya rejim özgarişiga qay darajada turtki berişini keng qamrovli körib çiqqan.
Uçinçi manbaning sözlariga köra, hokimiyatni Islom inqilobi qöriqçilari korpusi vakillari qölga olişi köplab ehtimoliy stsenariylardan biri. AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi bu borada izoh berişdan boş tortgan.