Rossiya Xersonni öqqa tutdi: 4 kişi halok böldi
2-03-2026, 07:13
72 марта

Rossiya Xersonni öqqa tutdi: 4 kişi halok böldi
Rossiya qöşinlari 1 mart, yakşanba kuni Xerson şahridagi turar joy mavzelariga bir neça bor zarbalar berdi.Taxminan soat 13:00 atrofida yuz bergan artilleriya hujumi oqibatida tört nafar fuqaro hayotdan köz yumgan.
“Duşman Xersonni mavjud barça qurollar bilan öqqa tutişda davom etmoqda. Bugun RF qöşinlari Korabelny tumaniga bir neça artilleriya zarbasi berdi. Nişonda Şumenskiy mikrorayonining turar joylari bölgan”, deya xabar qilgan Xerson viloyati politsiyasi.
Xerson viloyati harbiy mamuriyati malumotiga köra, şahar öqqa tutilişi natijasida tinç aholi orasida yaralanganlar ham bor.
Xarkovda yotoqxona va sanat universiteti şikastlandi
Şuningdek, 1 mart kuni ertalab Rossiya qöşinlari Xarkovni dronlar bilan nişonga olgan. Dronlardan biri Şevçenko tumanidagi töqqiz qavatli yotoqxonaga kelib urilgan.