Turkiyadagi harbiy baza hujumga uçradimi?
2-03-2026, 19:40
1 484 марта

Turkiyadagi harbiy baza hujumga uçradimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadagi AQŞ harbiy bazasi hujumga uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Turkiya Aloqa vazirligining Dezinformatsiya bilan kuraş markazi munosabat bildirdi.Markaz bayonotida aytilişiça, Turkiyada heç qanday xorijiy davlatga tegişli harbiy baza mavjud emas. Mamlakatning havo hududi, yer maydoni, dengiz hududlari va harbiy obektlari töliq suverenlik va nazorat ostida.
“Mamlakatimizga qarşi heç qanday hujum bölmadi. Turkiyani mintaqaviy mojaro iştirokçisiga aylantirişga urinayotgan xabarlar aniq dezinformatsiyadir”, deyiladi bayonotda.
Markaz, şuningdek, Anqara mudofaa va xavfsizlik tizimi barça tarkibiy qismlari bilan töliq işçi holatida ekanini, voqealarni tegişli taşkilotlar tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borilayotganini bildirgan.
Bundan taşqari, asossiz xabarlarga işonmaslik va faqat rasmiy bayonotlarga etibor qaratiş söralgan.
Qolaversa, Özbekistonning Turkiyadagi Istanbul Boş konsulxonasi ham mazkur xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini, voqea Turkiya hududi bilan boğliq emasligini qayd etgan.
“Blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan axborotni elon qilişdan avval uning işonçliligini bir neça mustaqil manbalar orqali tekşiriş, rasmiy malumotlarga tayaniş hamda imkon qadar aniq manbani körsatgan holda yoritişlarini söraymiz”, deyiladi konsulxona xabarida.