Yuzlab eronliklar Turkiyaga ötib ketmoqda
3-03-2026, 09:36
144 марта

Yuzlab eronliklar Turkiyaga ötib ketmoqda
AQŞ-Isroilning Eronga qarşi harbiy harakatlari kengayayotgan bir paytda yuzlab eronliklar Turkiya çegarasini kesib ötmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, bugun, 2 mart kuni tuşdan keyin Kapikoy nazorat-ötkaziş punkti orqali odamlar oqimi kuçaygani qayd etilgan. Ertalab esa Anqara uçta çegara darvozasida bir kunlik sayohatçilar harakatini özaro kelişuv asosida töxtatgan, faqat Turkiya fuqarolari va uçinçi davlat fuqarolariga kirişga ruxsat berilgan.
Qazvin atrofidan kelgan bir yölovçi harbiy hududlardagi doimiy zarbalar yaşaş tarziga tasir qilayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmayapti, asosiy xavotir — safar uçun yonilği topiş. Kapikoyda yengil qor yoğayotgan paytda odamlar çemodanlarini kötargança, Istanbul tomonda kutib turgan mikroavtobuslarga yöl olgan.
Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat Eron öz fuqarolarining Turkiya orqali mamlakatga kirişiga ruxsat berayotganini, barça uçta darvoza orqali tijoriy yuk taşuvlari nazorat ostida davom etayotganini malum qilgan. U, şuningdek, çegara xizmatlari va savdo oqimlari uzluksiz işlaşi uçun barça tuzilmalar yuqori tayyorgarlik holatida ekanini takidlagan.