Zelenskiy Erondagi uruş Ukrainaga qurol yetkazişga tasir qilişidan xavotirda
3-03-2026, 10:44
124 марта

Zelenskiy Erondagi uruş Ukrainaga qurol yetkazişga tasir qilişidan xavotirda
Yaqin Şarqda uzoq davom etadigan uruş Ukrainaga qurol yetkazib berişga tasir qilişi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Deutsçe Welle” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.Zelenskiyning takidlaşiça, hozirça Ukraina ittifoqçilardan kelayotgan qurol yetkazib beriş hajmida kamayiş kuzatilmayapti.
“Hozirça tasirni körayotganimiz yöq. Kutganimizdek bölgan yetkazib berişlar kamaymadi, lekin faqat bir kun ötdi, şuning uçun xulosa çiqariş erta”, degan u.
Şu bilan birga, Prezident Yaqin Şarqda uzoq davom etadigan harbiy mojaro yuzaga kelsa, xavflar ortişi mumkinligini tan olgan. U bunday holat qurol yetkazib berişga tasir qilişiga işonişini bildirgan.
Zelenskiy, şuningdek, Ukraina xalqaro vaziyat murakkablaşgan taqdirda ham öz mudofaa işlab çiqarişini barqaror moliyalaştiriş ustida işlayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, mamlakat Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilişi rejalaştirilgan 90 milliard yevro miqdoridagi yordamning bloklanib qolmasligi uçun harakat qilmoqda.
Yaqin Şarqda, jumladan Erondagi uruş Rossiya va uning Prezidenti Vladimir Putin uçun ham siyosiy jihatdan oqibatlarga olib kelişi mumkin. Zelenskiyning fikriça, Rossiyaning mintaqadagi tasiri çeklangan, çunki uning harbiy resurslari deyarli töliq Ukrainadagi uruşga yönaltirilgan.
Prezident, şuningdek, Rossiyaning Suriya siyosati haqida gapirib, Suriyadagi Başar Asad rejimini qöllab-quvvatlaşda Moskva yetarli kuç körsata olmaganini takidlagan.