Tehrondan oçiq tahdid: Yevropa aralaşsa, javob qattiq böladi
4-03-2026, 09:51
279 марта

Tehrondan oçiq tahdid: Yevropa aralaşsa, javob qattiq böladi
Eron Yevropa davlatlarini mojaroga aralaşmaslikka çaqirib, har qanday harbiy qadam “uruş harakati” sifatida baholanişini bildirdi. Bu haqda Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoyi bayonot bilan çiqdi.Rasmiy bayonotda Yevropa tomonidan “himoyaviy harakat” deb ataladigan taşabbuslar ham töğridan-töğri tajovuz sifatida qabul qilinişi takidlangan. Bağoyiga köra, agar YeI amaldagi amaliyotlarga qöşilsa, javob çoralari Yevropa hududiga ham kengayişi mumkin. U “himoyaviy” degan izohni rad etib, bu Tehronning javob beriş imkoniyatini çeklaşga uriniş ekanini aytgan.
Ogohlantiriş Yevropa davlatlari mintaqadagi xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga kirişgan pallada yangragan. Keça, 2 mart kuni Eronda işlab çiqarilgan hujumçi uçuvçisiz qurilmalar Kiprdagi Britaniya harbiy bazasiga yönaltirilgan. Rasmiylar bu dronlar Livan hududidan uçirilgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hodisadan söng London baza himoyasini kuçaytirgan.
Şu bilan birga, Gretsiya, Germaniya va Frantsiya Kipr mudofaasini qöllab-quvvatlaşini malum qilgan. Ayrim davlatlar harbiy kemalar va qiruvçi samolyotlarni yuborgan. NATO Boş kotibi Mark Ryutte alyans uruşda iştirok etmayotganini, biroq zarurat tuğilsa har bir azo hududini himoya qilişini urğulagan. U Eronni mintaqaviy xavf deb baholagan.
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Yevropa oldidagi tahdidlar fonida yadroviy salohiyatni oşiriş taşabbusini ilgari surgan. Parij öz tiyib turiş imkoniyatlarini qita böylab kengaytiriş rejasini ham elon qilgan. Mojaro Yaqin Şarq çegarasidan çiqib, Yevropa xavfsizlik muhitiga bevosita tasir körsatiş bosqiçiga kirmoqda.