USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampni öldirişda ayblanayotgan erkak Eron tomonidan yollangan – OAV

427 марта

Trampni öldirişda ayblanayotgan erkak Eron tomonidan yollangan – OAV

AQŞda Donald Trampni öldirişni rejalaştirganlikda ayblanayotgan pokistonlik erkak sudda Eron tomonidan majburlanganini malum qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
​
Ayblanuvçi Asif Merçant sud jarayonida Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bilan ixtiyoriy hamkorlik qilmaganini, balki Tehrondagi oilasini himoya qiliş uçun bu işga majburlanganini takidlagan.

AQŞ Adliya vazirligi Merçantni Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga qarşi suiqasd rejasini amalga oşirişda ayblamoqda. Rasmiylarning fikriça, bu reja AQŞ zarbasi oqibatida halok bölgan Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondoni Qosim Sulaymoniy ölimi uçun qasos oliş maqsadida işlab çiqilgan.

Xabarlarga köra, Merçant sudda öziga aniq bir şaxsni öldiriş böyiça buyruq berilmaganini aytgan. Biroq uning yana bir eronlik hamkori uç kişining nomini tilga olganini bildirgan. Ular – Donald Tramp, AQŞ sobiq Prezidenti Jo Bayden va respublikaçilar siyosatçisi Nikki Xeyli.
Asif Merçant 2024 yilda ötkazilgan maxfiy operatsiya vaqtida hibsga olingan. Suiqasd böyiça sud jarayoni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil bilan birgalikda Eronga qarşi hujumlar uyuştirişni buyurganidan bir neça kun oldin boşlangan. Uşbu hujumda Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanayi va bir qator yuqori lavozimli amaldorlar halok bölgan.

Tramp ham Merçantni Eronga aloqador suiqasd fitnasini uyuştirganlikda gumon qilmoqda. 

“Men Xomanayini u meni qölga olişidan oldin öldirdim”, degan AQŞ Prezidenti.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: