USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil Livandagi qişloqda reyd ötkazdi. Önlab qurbonlar bor

136 марта

Isroil Livandagi qişloqda reyd ötkazdi. Önlab qurbonlar bor

Eron qöllab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” guruhi bilan uruş keskinlaşib borayotgan bir paytda Isroilning keng kölamli havo va quruqlik operatsiyalari oqibatida Livanda önlab odam halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Bekaa vodiysining şarqiy qismidagi şaharlaridan birida ötkazilgan Isroil operatsiyasi davomida bir keçada kamida 41 kişi halok bölgan, yana 40 kişi jarohat olgan. Bu hudud hozir tobora kuçayib borayotgan janglarning asosiy öçoqlaridan biri hisoblanadi.

Halok bölganlar orasida Livan armiyasining uç nafar harbiy xizmatçisi ham bor. Mahalliy aholi esa öldirilganlar orasida bolalar ham borligini aytib, ularning ismlarini sanab ötgan.
Nabi-Şit şahrida ötkazilgan operatsiyaning maqsadi 40 yil avval Livanda bedarak yöqolgan isroillik harbiy uçuvçining qoldiqlarini topiş bölgan.
Keça, 7 mart kuni kuni qişloq qabristonining bir burçagida qazilgan çuqur paydo bölgan — u yerda qabr oçilgan.

“Ular uni şu yerda deb öylaşgan, lekin qabr böş çiqdi”, deydi mahalliy aholidan biri böş qabrni körsatib.

Şaharning boşqa joyida öqlar bilan teşib taşlangan vayron avtomobil köringan, uning örindiqlari esa qonga belangan.

Atrofdagi binolar vayronaga aylangan, yerda esa ulkan krater paydo bölib, qöşni uylar ham zarar körgan.

Vayronalar orasidan kundalik hayotga oid buyumlar — bolalar kitobi, rasmlar va oşxona jihozlari ham topilgan.

Bu hududda ustun kuç hisoblangan “Hizbulloh” jurnalistlarga qişloqqa kirişga ruxsat bergan. Bu taşkilot Buyuk Britaniya, AQŞ va boşqa bir qator davlatlarda terrorçi taşkilot sifatida tan olingan.
Livan harbiylarining malum qilişiça, joriy yil 6 mart kuni keçqurun Livan va Suriya çegarasi yaqinida törtta Isroil samolyoti paydo bölgan, ulardan ikkitasi qönib, maxsus kuçlar askarlarini tuşirgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: