Tramp AQŞ maqullagan rahbargina Eronni boşqarişi mumkinligini aytdi
9-03-2026, 06:17
191 марта

«Uni biz maqullaşimiz kerak böladi. Agar bizning maqullovimizni olmasa, u taxtda uzoq qololmaydi. Hozir qilayotgan işimizni har ön yilda qaytadan bajarişga töğri kelmasligiga işonç hosil qilişimiz kerak», — dedi u.
Şu bilan birga, Tramp Eronning amaldagi hokimiyatiga aloqador nomzodni ham maqullaşi mumkinligini aytdi. Uning sözlariga köra, bunga munosib odamlar köp.
U Eron butun Yaqin Şarqni bosib olişni rejalaştirgani va «hujum qilmoqçi bölgan»ini qöşimça qildi.
Eron oliy yetakçisi Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil va AQŞ zarbalari oqibatida halok bölgandi. Hozirda mamlakatni prezident Masud Pizişkiyon, Oliy sud raisi Ğulom-Husayn Muhsiniy va Eron Fiqh kengaşi azosi Alirizo Arofiydan iborat Muvaqqat kengaş boşqarmoqda.
Yangi oliy yetakçi 88 nafar ruhoniyat vakillari (mujtahidlar)dan iborat Ekspertlar kengaşi tomonidan saylanişi kerak.