Iroq JÇ pley-offini keyinga qoldirişni talab qilmoqda
9-03-2026, 14:27
185 марта

Iroq JÇ pley-offini keyinga qoldirişni talab qilmoqda
Iroq terma jamoasi boş murabbiyi Grem Arnold qöşni Erondagi mojaro sabab yuzaga kelgan sayohat muammolari tufayli mart oyiga rejalaştirilgan Jahon çempionati pley-off uçraşuvini keyinga qoldirişni talab qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Rejaga köra, joriy yilning 31 mart kuni Iroq terma jamoasi Boliviya va Surinam terma jamoalari örtasidagi öyin ğolibiga qarşi maydonga tuşişi kerak. Uçraşuv Meksikaning Monterrey şahrida bölib ötişi belgilangan.
Biroq joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ va Isroil tomonidan Eronga qarşi amalga oşirilgan havo hujumlaridan söng mintaqada keskinlik kuçaydi. Şundan keyin Iroq havo hududi yopildi, bu esa jamoaning safar rejalari bilan boğliq muammolarni keltirib çiqardi.
Grem Arnoldning takidlaşiça, jamoa mamlakat tarixidagi eng muhim öyinlardan biriga puxta tayyorgarlik körişi kerak.
“Sönggi 40 yil içida mamlakatimiz uçun eng muhim öyin oldidan bizga eng kuçli tarkib kerak. Iroqliklar futbolni juda yaxşi köradi. Ularning 40 yil davomida Jahon çempionatiga çiqa olmagani, ehtimol, mening bu vazifani qabul qilişimga sabab bölgan. Ammo aeroportlar yopilgani sababli Meksikaga yetib borişning boşqa yölini topişga harakat qilyapmiz”, deydi Arnold.