USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ rus mafiyasidan “Gavana sindromi”ni çaqiruvçi qurilma sotib olgan – OAV

54 марта

AQŞ rus mafiyasidan “Gavana sindromi”ni çaqiruvçi qurilma sotib olgan – OAV

2024 yilda amerikalik agentlar rus qriminal guruhi orqali “Gavana sindromi”ni keltirib çiqaradigan qurilmani sotib olgan. Bu haqda joriy yilning 8 mart kuni CBS telekanalining “60 minutes” dasturida xabar berildi.

Qayd etilişiça, malumotlar uçta turli AQŞ hukumat idoralaridan olingan. Amerika hukumati bunday qurilmani sotib olgani haqida avval ham malumotlar paydo bölgan: 2026 yil yanvar va fevral oylarida jurnalist Saşa Ingber, CNN telekanali va “The Waşington Post” gazetasi bu haqda xabar bergan. Malum bölişiça, qurilmani AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi Pentagon mablağlari hisobidan xarid qilgan. 

CBS malumotlariga köra, qurilmani sotuvçi “rus qriminal tarmoği” bölib, xaridorlari – qonuniy qurol savdosini tekşiruvçi AQŞ agentlari bölgan. Pentagon mablağlari bilan moliyalaştirilgan missiya taxminan 15 million dollarga tuşgan. Qurilma bir yildan ziyod vaqtdan beri kalamuş va qöylarda harbiy laboratoriyada sinovdan ötkazilmoqda. Hayvonlarda insonlarda kuzatilgani kabi jarohatlar qayd etilgan. 
CBS manbalari qurilma qanday körinişda ekanligini ham tasvirlagan: u otiş quroliga öxşamaydi, kiçik, şovqinsiz va issiqlik çiqarmaydi. Tasiri önlab metrga yetadi va şişa hamda gipsokarton orqali ötişi mumkin. Qurilma turli stsenariylarga moslab dasturlanişi va masofadan boşqarilişi mumkin. Manbalarga köra, qurilmaning dastur qismi eng muhim bölib, u unikal impuls elektromagnit tölqinini şakllantiradi. Asosiy komponentlari Rossiyada işlab çiqilgan.

AQŞ Davlat departamenti topşiriği bilan “Gavana sindromi”ni tadqiq qilgan Stenford universitetining tib, mikrobiologiya va immunologiya professori Devid Relman CBS’ga şunday degan: “jurnalistlar malumoti 2020 yilda ular va hamkasblari çiqargan xulosalarga töğri keladi – “Gavana sindromi”ning eng ehtimoliy sababi impulsli elektromagnit tölqinlar”.
Uning sözlariga köra, “Gavana sindromi”dan jabr körganlarda miyaning eşitiş va vestibulyar tizimlarida aniq şikastlanişlar mavjud. Bu quloq içidan boşlab, miyadagi elektr signallariga aylantirilişiga qadar bölgan yölni qamrab oladi.
“Gavana sindromi” – bu AQŞ davlat xizmatçilari dunyoda turli mamlakatlarda duç keladigan nevrologik simptomlar nomi. Birinçi marta bu 2016 yilda Kubadagi konsullik xodimlari bilan boğliq holatlarda kuzatilgan. Rasmiy malumotlarga köra, hozirgaça 1000 dan ortiq amerikaliklar bunday simptomlarga duç kelgan.

Köplab jabrlanganlar taşqi tasirda bölganliklariga işonadi. Ammo AQŞ razvedka jamoasi bunday simptomlarni keltirişi mumkin bölgan qurol mavjudligi fikrini rasmiy rad etadi. Şu sababdan, bir qator jabrlanganlar maxsus xizmatlarni muammoni yaşirişda ayblaydi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: