Isroilda raketa zarbasi oqibatida özbekistonlik işçi halok böldi
11-03-2026, 20:28
221 марта

Isroilda raketa zarbasi oqibatida özbekistonlik işçi halok böldi
Joriy yilning 9 mart kuni Eron Isroildagi quriliş obektiga raketa zarbasi berdi. Hodisa oqibatida ikki işçi, jumladan, 62 yoşli özbekistonlik Rustam Ğulomov va 40 yoşli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok bölgan. Bu haqda STMEGI xabar berdi.Ikkala işçi ham öşa hududda yaşab, qurilişda işlagan. Amid Murtuzov keça, 10 mart kuni şifoxonada vafot etgan. Şu bilan Isroilda uruş boşidan beri halok bölganlar soni 15 kişiga yetgan.
Qayd etilişiça, Rustam Ğulomov 14 yil oldin öğlining ortidan Isroilga borgan. Qizining malum qilişiça, zarba paytida Rustam Ğulomov va hamrohi obektni közdan keçirayotgan bölgan. Sirena çalinib, işçilarga boşpana izlaş tavsiya qilingan, biroq ular ulgurmagan.
Eron raketasi markaziy Isroilning kamida olti nuqtasiga zarba bergan. Kuzatuv kamerasining yozuviga köra, sirena çalingan paytda işçilardan biri maydonda yugurgan va bir neça soniya ötib, bomba portlagan.