USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Eronga uruşda drondan foydalaniş taktikasini örgatmoqda — Ğarb razvedkasi

47 марта

Rossiya Eronga uruşda drondan foydalaniş taktikasini örgatmoqda — Ğarb razvedkasi

Manba: Inform
Rossiya Eronga Ukrainadagi uruşda sinovdan ötgan dronlardan foydalanişning ilğor taktikasini örgatmoqda. Bu usullar Eronning Yaqin Şarqda AQŞ va uning ittifoqçilari obektlariga samarali zarba berişiga yordam bermoqda. Bu haqda Ğarb razvedkasi vakiliga tayanib CNN xabar berdi.

Manbaning aytişiça, bu taktikalar dronlarga Fors körfazi davlatlarining havo hujumidan mudofaa tizimlarini samarali çetlab ötiş imkonini beradi. AQŞ rasmiylari avvalroq Rossiya Eron bilan razvedka malumotlarini bölişib, nişonlarni tanlaşda yordam berayotganini bildirgandi. Endilikda zarba yöllaş böyiça aniq taktikaning berilişi qöllab-quvvatlaşning yangi bosqiçiga aylandi. Ğarb razvedkasi bu yanada köproq xavotir uyğotişini malum qildi.

Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda Eron işlab çiqargan va keyinçalik modernizatsiya qilingan Şahed dronlarini qöllab kelmoqda. Bu usulda bir vaqtning özida bir neçta dron uçiriladi va ular havo hujumidan mudofaa tizimlarini çetlab ötiş uçun parvoz yönalişini muntazam özgartirib turadi.
Ğarb mamlakatlari umuman olganda Yaqin Şarqdagi mojaroning rivojlanişidan jiddiy xavotirda. Xususan, Eronning Hormuz böğozini minalaşi, şuningdek, Amerika harbiy kemalariga, jumladan, aviataşuvçilarga hujum qiliş uçun dengiz dronlari yoki hatto baliqçi qayiqlaridan foydalanişi ehtimoli xavotirga soladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 11 mart kuni “Rossiya Eron rejimiga dronlar bilan yordam berişni boşlaganini” aytgandi.

“U, şubhasiz, raketalar bilan ham, havo hujumidan mudofaa bilan ham yordam beradi. Keyin-çi?”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: