“Yodda tutişimiz şart”. Töqayev birinçi prezident haqida gapirdi
12-03-2026, 16:27
520 марта

“Yodda tutişimiz şart”. Töqayev birinçi prezident haqida gapirdi
Bugun, 12 mart kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev barça darajadagi deputatlar iştirok etgan respublika forumida mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev haqida fikr bildirdi. Bu haqda Oqörda xabar berdi.Töqayevning sözlariga köra, 1995 yilgi Konstitutsiyada asosiy etibor davlat hokimiyati asoslarini mustahkamlaşga qaratilgan. Uning takidlaşiça, öşa davr şaroitida bu töğri qaror bölgan, çunki endigina mustaqillikka erişgan davlat qonunçilik jihatidan mustahkam poydevorga muhtoj edi.
“Hozir amal qilayotgan Konstitutsiyani heç qaçon tanqid qiliş mumkin emas. Bu asosiy qonun davlatçilikni şakllantirişda ijobiy rol öynadi. Biz adolatli Qozoğistonni barpo etmoqdamiz, şuning uçun Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti Nursulton Abişeviç Nazarboyevning alohida tarixiy missiyasini yodda tutişimiz şart”, deydi Töqayev.Uning bildirişiça, bugungi jamiyat hayotida “inson davlat uçun emas, davlat inson uçun” tamoyili alohida ahamiyat kasb etmoqda va u Yangi Konstitutsiya matni orqali qizil çiziq kabi ötib boradi.
Töqayevning aytişiça, inson huquq va erkinliklarini himoya qilişga bağişlangan bölim eng katta bölim hisoblanadi – u 30 ta moddadan iborat. Bu Asosiy qonunning qariyb uçdan bir qismini taşkil etadi. Qiyos uçun, prezidentga bağişlangan bölim esa atigi 10 ta moddadan iborat.
Prezidentning fikriça, fuqarolar huquqlariga oid köplab normalar mazmunan öziga xos va yangi manolarni ifoda etadi.
“Endilikda Asosiy qonun darajasida tarixiy, madaniy, oilaviy va manaviy qadriyatlarni asraşga tayyor ekanligimiz aks ettirildi. Bu xalqimizning ajralmas huquqi va bu huquqni heç kim – siyosatçilar, jamoat arboblari, xorijiy yoki mahalliy nodavlat taşkilotlar – şubha ostiga qöya olmaydi va tanqid ham qilmasligi kerak”, deydi u.
Prezidentning aytişiça, fuqarolarning mutlaq köpçiligi oilani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat siyosatini qöllab-quvvatlaydi, çunki soğlom oilalarda millatning yangi sifatlari va masuliyatli fuqarolik asoslari şakllanadi.
Töqayevning takidlaşiça, davlatning eng muhim vazifasi – fuqarolarning tub manfaatlarini himoya qiliş siyosati yuritişdir. Bu, uning fikriça, mamlakat suvereniteti va millatning farovon kelajagi bilan boğliq masaladir.