Isroil va AQŞning Eronga hujumlari 14-kunga ötdi: mintaqada taranglik kuçaymoqda
13-03-2026, 11:53
147 марта
Isroil va AQŞning Eronga hujumlari 14-kunga ötdi: mintaqada taranglik kuçaymoqdaYaqin Şarqdagi keskinlik davom etayotganiga 14 kun böldi.
Xabarlarga köra, AQŞ Harbiy-havo kuçlari generali Aleksus Grinkeviç (ilgari NATO va Markaziy qömondonlik tizimida faoliyat yuritgan) AQŞ Eronga harbiy yordam körsatadigan har qanday tomonga nisbatan qatiy javob qaytarişga tayyor ekanini bildirgan.
Şuningdek, Iroqdagi kurd harbiy bazasiga uyuştirilgan dronlar hujumi oqibatida frantsuz harbiylaridan biri halok böldi. Avvalroq olti nafar frantsuz harbiysi jarohat olgani, keyinçalik ulardan biri vafot etgani xabar qilingan edi. Bundan taşqari, Iroq hududida AQŞning KC-135 rusumli havoda yonilği quyiş samolyoti halokatga uçragani aytilmoqda.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Tehron Vaşington bilan muzokaralarda yadroviy qurol işlab çiqmaslik majburiyatini hujjat bilan mustahkamlaşni taklif qilganini, ammo AQŞ bu taklifni rad etganini malum qildi. Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravaniy esa mamlakat rasmiylari Hurmuz böğozini yopiş niyatida emasligini bildirdi.
Sönggi soatlarda bir qator yangi voqealar ham kuzatildi:
AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron rahbariyati haqida navbatdagi keskin bayonotini berdi.
Isroil armiyasi Livandagi Zrariya köprigiga havodan zarba berganini tasdiqladi.
AQŞning Iroqdagi elçixonasi öz fuqarolarini mahalliy radikal tuzilmalar tomonidan öğirlab ketiliş xavfidan ogohlantirdi.
Şu bilan birga, Ummonning Sohar viloyatida dronlar hujumi oqibatida ikki kişi halok bölgani bildirildi. Eron axborot agentliklari Dubay xalqaro moliya markazi hududiga dron hujumi uyuştirilgani haqida xabar tarqatdi.
Energetika sohasida ham vaziyat keskinlaşmoqda. Frantsiyaning TotalEnergies kompaniyasi Qatar, Iroq va BAA şelfidagi qazib oliş işlarini vaqtinça töxtatdi. Şuningdek, AQŞ mamuriyati tankerlarga yuklangan Rossiya neftini sotişga qöyilgan sanktsiyalarni bir oy muddatga (12 aprelgaça) yumşatgan. Uşbu qaror tranzitdagi taxminan 100 million barrel neftni qamrab olişi kutilmoqda.