AQŞ Rossiya neftiga qöyilgan ayrim sanktsiyalarni bekor qildi
13-03-2026, 21:31
180 марта

AQŞ Rossiya neftiga qöyilgan ayrim sanktsiyalarni bekor qildi
Bugun, 13 mart kuni AQŞ Rossiya neft mahsulotlarini kemalarda taşişga qöyilgan ayrim çeklovlarni vaqtinça bekor qildi. Bu haqda AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) bergan maxsus litsenziyada söz boradi.Hujjatga köra, 2026 yil 12 martgaça kemalarga yuklangan Rossiya neft mahsulotlarini yetkazib berişga ruxsat berilgan. Uşbu litsenziya esa 2026 yil 11 aprelgaça amal qiladi.
AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida bu qaror Prezident Donald Trampning global energiya bozorida barqarorlikni taminlaş va neft narxlarini past darajada uşlab turiş böyiça çoralaridan biri ekanini takidladi. Uning aytişiça, AQŞ hozirda dengizda bölgan Rossiya neftini mamlakatlarga sotib olişga vaqtinçalik ruxsat bermoqda. Bessent bu çorani qisqa muddatli deb atab, u Rossiya uçun katta iqtisodiy foyda keltirmasligini bildirgan.
Joriy yil 6 mart holatiga köra, tankerlar orqali taxminan 130 million barrel Rossiya nefti taşilgan. Sanktsiyalar sabab bu yuklarning katta qismi keçikkan. AQŞ ruxsatidan söng Hindiston neftni qayta işlaş zavodlari qariyb 30 million barrel neftni sotib olgan.
Rossiya Prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyevning aytişiça, AQŞ tomonidan berilgan bu ruxsat taxminan 100 million barrel Rossiya neftiga tasir körsatişi mumkin.