2025 yilda samolyot halokatlarida 400 ga yaqin kişi vafot etgani aytildi
14-03-2026, 12:50
136 марта

2025 yilda samolyot halokatlarida 400 ga yaqin kişi vafot etgani aytildi
Keça, 13 mart kuni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) 2025 yil uçun parvoz xavfsizligi böyiça yillik hisobotini elon qildi. Unga köra, ötgan yili samolyot bortida sodir bölgan hodisalarda jami 394 kişi halok bölgan.Hisobotga köra, 2025 yilda aviatsion hodisalarning umumiy darajasi har bir million reysga 1,32 tani taşkil etgan. Bu körsatkiç 2024 yildagi 1,42 ga nisbatan yaxşilangan bölsa-da, sönggi beş yillikdagi örtaça darajadan bir oz yuqori bölib qolmoqda.
Ötgan yili dunyo böylab 38,7 million reys amalga oşirilgan va 51 ta aviatsiya hodisasi qayd etilgan. Şulardan sakkiztasi halokatli bölgan.
Malumotlarga köra, qurbonlarning asosiy qismi ikki yirik halokat bilan boğliq. Jumladan, 2025 yilda halok bölganlarning 77 foizidan ortiği Air India 171 va PSA Airlines 5342 reyslari bilan boğliq hodisalarga töğri kelgan.
Hisobotda qayd etilişiça, yil davomida eng köp uçragan muammolar şassi bilan boğliq nosozliklar, uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketiş hamda yerda samolyotlarning şikastlanişi bilan boğliq bölgan.
Şu bilan birga, hisobotda yangi xavflar ham qayd etilgan. Ular qatoriga qurolli mojarolar sababli parvoz yönalişlarining özgarişi hamda suniy yöldoş navigatsiya tizimlariga aralaşuv holatlarining köpayişi kiradi.