Tramp Yaqin Şarqqa 5 ming dengiz piyodasini yubordi
14-03-2026, 17:15
513 марта

Tramp Yaqin Şarqqa 5 ming dengiz piyodasini yubordi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Yaqin Şarqqa AQŞ dengiz piyoda qöşinlarining 5 ming nafargaça bölgan qöşimça kontingentini, şuningdek, bir neçta harbiy kemalarni jönatişni maqulladi. Bu haqda uç nafar amerikalik amaldorga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.Naşrning yozişiça, AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) tomonidan yuborilgan sörovni Pentagon rahbari Pit Hegset tasdiqlagan. Hozirda Yaponiyada joylaşgan USS Tripoli desant kemasi bortidagi dengiz piyodalari bilan Yaqin Şarq tomon yöl olgan. Bu hududda allaqaçon boşqa dengiz piyodalari bölinmalari ham joylaşgan.
Tramp avvalroq omma oldida Eronda quruqlik operatsiyasini “vaqtni bekorga sarflaş” deb atagan bölsa-da, NBC manbalariga köra, u muayyan strategik vazifalarni hal qiliş uçun Eron hududida çeklangan miqdorda qöşin saqlaş ğoyasiga jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Gap keng kölamli bosqin haqida emas. Biroq telekanal manbalariga köra, AQŞ Prezidenti Eron urani zaxiralari ustidan nazorat örnatiş imkoniyatini, şuningdek uruşdan keyin Tehron bilan neft sohasida Venesuela modeli böyiça hamkorlik qiliş ehtimolini körib çiqmoqda.
Qöşinlarni köpaytiriş haqidagi qaror Hormuz böğozidagi keskin vaziyat fonida qabul qilingan. Bu dunyo nefti taminotining taxminan 20 foizi ötadigan asosiy strategik yölak hisoblanadi. Eron kemalarga hujumlarni faollaştirib, amalda dengiz harakatini tösib qöygani sababli xomaşyo narxlari keskin oşgan. Avvalroq, Tramp AQŞ tankerlarni bu böğoz orqali kuzatib borişga tayyorligini bildirgan. 13 mart kuni u kelasi hafta içida amerikalik harbiylar Eronga “juda kuçli zarbalar” berişini aytgan.
Biroq AQŞ mamuriyati içida harbiy kampaniyaning maqsadlari va muddatlari böyiça yakdillik yöq. “Axios” manbalariga köra, Tramp uruşni yana kamida uç-tört hafta davom ettiriş ğoyasiga “katta iştiyoq” bilan qaramoqda. Uning fikriça, bu vaqt içida Islom inqilobi qöriqçilari korpusini şu qadar zaiflaştiriş mumkinki, mamlakat içida qözğolon yuzaga kelişi ehtimoli paydo böladi. Ammo Prezidentning qarama-qarşi bayonotlari (“biz birinçi soatdayoq ğalaba qildik”dan tortib “erta ketib bölmaydi”gaça) hatto, uning eng yaqin maslahatçilarini ham hayratda qoldirmoqda. “Reuters” malumotiga köra, hozir Prezident atrofida uçta guruh tasir uçun kuraşmoqda: keskin zarba berişni talab qilayotgan “qirğiylar”, yoqilği narxlari va saylovlardan xavotirlanayotgan siyosiy maslahatçilar hamda uzoq davom etadigan mojaroga aralaşmaslikni talab qilayotgan populistlar.
Yevropalik ittifoqçilar bu orada öz iqtisodiy manfaatlarini saqlab qolişga harakat qilmoqda. “Financial Times” malumotiga köra, Frantsiya va Italiya Eron bilan Hormuz böğozi orqali kemalar xavfsiz ötişi böyiça kafolatlar haqida dastlabki muzokaralarni olib bormoqda.