USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JSST rahbari yangi pandemiyalar xavfi haqida ogohlantirdi

317 марта

JSST rahbari yangi pandemiyalar xavfi haqida ogohlantirdi

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (World Health Organization – WHO) boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus mamlakatlarni kelajakdagi pandemiyalarga tayyorgarlikni kuçaytiriş va global hamkorlikni mustahkamlaşga köproq etibor qaratişga çaqirdi. Bu haqda u joriy yilning 12 mart kuni XIII Global Baku forumining oçiliş marosimida gapirdi.

JSST rahbari 2025 yilda harbiy xarajatlar 2,7 trillion dollarga yetganini eslatgan. Bu esa 2030 yilgaça oçlikni batamom bartaraf etiş uçun zarur bölgan mablağdan 30 barobar köpdir.

U, şuningdek, “körinmas duşman” hujumiga tayyorgarlik masalasiga etibor qaratgan. Bu yerda gap COVID-19 kabi pandemiyalar haqida bormoqda. Uning baholaşiça, mazkur pandemiya “20 million inson hayotiga zomin bölgan – bu zamonaviy tarixdagi istalgan uruşdan ham köproq – hamda jahon iqtisodiyotiga 10 trillion dollardan ortiq zarar yetkazgan”.


JSST rahbari takidlaşiça, dunyo köp hollarda bir inqirozdan boşqasiga ötib ketadi, ammo undan saboq çiqarmaydi. Pandemiyalar qanday vayronakor oqibatlarga olib kelişini körsatganiga qaramay, davlatlar soğliqni saqlaş xavflaridan himoyaga emas, balki harbiy ehtiyojlarga ança köproq mablağ sarflamoqda.

“Biroq COVID-19 pandemiyasi körsatganidek, globallaşgan dunyoda soğliqni saqlaş sohasidagi xavfsizlik – bu milliy xavfsizlikdir. Viruslarga viza kerak emas, patogenlar çegaralarni tan olmaydi. Dezinformatsiya esa diplomatiyadan ham tezroq tarqaladi ”, deydi Gebreyesus.
JSST rahbarining takidlaşiça, soğliqni saqlaş sohasi xalqaro hamkorlik uçun muhim maydonga aylanişi kerak.
“Bölingan va parçalangan dunyoda soğliqni saqlaş – davlatlar ideologik farqlarni çetga surib, umumiy tahdidlarga qarşi umumiy yeçim topiş uçun hamkorlik qilişi mumkin va kerak bölgan kam sonli sohalardan biridir”, deydi u.
Gebreyesus JSSTga azo davlatlar kelajakdagi pandemiyalarga tayyorgarlikni mustahkamlaş ustida iş olib borayotganini eslatgan. Ötgan yili ular pandemiyalar böyiça kelişuvni qabul qildi. U ratifikatsiya qilingaç, soğliqni saqlaş xavfsizligini kuçaytirişga xizmat qiluvçi muhim xalqaro-huquqiy hujjatga aylanişi kutilmoqda.

Davlatlar, şuningdek, patogenlar bilan almaşiş va ulardan keladigan foydani taqsimlaş böyiça qöşimça mexanizm yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Bu mexanizm ehtimoliy xavfli viruslarni tez aniqlaş va vaktsina, dori-darmon hamda diagnostika vositalaridan adolatli foydalaniş imkoniyatini taminlaşi kerak.

JSST rahbari takidlaşiça, davlatlar bu jarayonda xayriya maqsadida emas, balki epidemiologik nazorat, erta ogohlantiriş va tibbiy vositalarga kiriş imkoniyatlari böyiça hamkorlik öz manfaatlariga javob bergani uçun iştirok etmoqda.
“Köp tomonlama hamkorlikning manosi ham şunda – farqlarni yöq qilişda emas, balki umumiy xavf-xatarlarni birgalikda boşqarişdadir”, deydi u.
Gebreyesus, şuningdek, xalqaro hamkorlik tizimi hozir jiddiy sinovlarga duç kelayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, JSST eng yirik donor tomonidan moliyalaştiriş töxtatilgani sababli murakkab islohotlar va qayta yönaliş davrini boşdan keçirmoqda.
“Men işonamanki, JSST bu vaziyatdan yanada kuçliroq, öz asosiy mandatiga yanada aniqroq yönaltirilgan, mustaqilroq va dunyo xalqlari hamda davlatlariga xizmat qilişga yanada qodir taşkilot sifatida çiqadi. Oxir-oqibat, biz bir turmiz – bir sayyorada yaşaymiz, bir xil DNKga egamiz va bir xil tahdidlarga duç kelamiz ”, deydi u.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: