USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Afğonistondagi giyohvandlar şifoxonasi bombalandi. 400 dan ortiq bemor halok böldi

50 марта

Afğonistondagi giyohvandlar şifoxonasi bombalandi. 400 dan ortiq bemor halok böldi

Keça, 16 mart kuni Afğonistonning Qobul şahridagi giyohvandlar davolanayotgan şifoxonaga bir neçta bombalar bilan zarba berildi va oqibatda u yerda davolanayotgan 400 dan ortiq bemor halok böldi. Bu haqda “Roya News” xabar berdi.

“Tolibon”ning takidlaşiça, Qobulga berilgan zarbalar oqibatida giyohvandlikka qarşi davolaş klinikasi vayron qilingan, oqibatda 400 kişi halok bölgan va yana 250 kişi jarohatlangan.

Pokiston esa fuqarolik obektiga hujum qilinganini inkor etmoqda. Pokistonning axborot va teleradioeşittiriş vaziri Attoullo Tararning bugun, 17 mart kuni X ijtimoiy tarmoğida yozişiça, “Solih ğazab” nomli operatsiya doirasida zarbalar faqat “Tolibon”ning harbiy obektlariga qaratilgan.
Uning aytişiça, Qobuldagi ikki obekt yöq qilingan, u yerda öq-dori omborlari va texnik taminot infratuzilmasi mavjud bölgan.

Şu bilan birga, Afğoniston şarqidagi Nangarhor viloyatida Pokiston Qurolli kuçlari “Tolibon”ning törtta harbiy obektiga hujum qilgan. Oqibatda texnik va logistika infratuzilmasi hamda öq-dorilar yöq qilingan.

“Tolibon” rejimi tarğibotçilarining yolğon davolari afğon xalqini ham, butun dunyoni ham aldolmaydi va ularning mintaqada terrorizmni qöllab-quvvatlaş hamda moliyalaştirişdagi jirkanç harakatlarini yaşira olmaydi”, deyiladi Pokiston bayonotida.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: