USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Amerikalik mulozim Eron bilan uruş sabab istefoga çiqdi

33 марта

Amerikalik mulozim Eron bilan uruş sabab istefoga çiqdi

Amerika Qöşma Ştatlari Milliy terrorizmga qarşi kuraş markazi direktori Jozef Kent istefoga çiqişini elon qildi va bu qarorini mamuriyatning Eronga nisbatan siyosatidan rozi emasligi bilan izohladi. U tegişli maktubni Prezident Donald Trampga yöllagan, nusxasini esa özining X sahifasida elon qildi.  

“Uzoq öylab körgandan söng, bugundan boşlab Milliy terrorizmga qarşi kuraş markazi direktori lavozimidan istefoga çiqişga qaror qildim”, deb yozgan Kent. 
U joriy mojaroni qöllab-quvvatlay olmasligini takidlagan.

“Men vijdonim toza holda Eronda davom etayotgan uruşni qöllab-quvvatlay olmayman”, deydi Kent.
Uning sözlariga köra, Eron Amerika Qöşma Ştatlari uçun “bevosita tahdid solmagan”, mojaro esa, uning takidlaşiça, “Isroil va uning tasiridagi Amerika lobbisi bosimi ostida” boşlangan. Kent şuningdek, hozirgi mamuriyat iş boşlaganida “dezinformatsiya kampaniyasi” yölga qöyilganini, u mamlakat rahbariyatini harbiy harakatlar zarurligiga işontirganini aytgan.
“Men siz 2016, 2020 va 2024 yillardagi saylovlarda ilgari surgan va birinçi muddatingizda amalga oşirgan qadriyatlar hamda taşqi siyosatni qöllab-quvvatlayman. 2025 yil iyunigaça siz Yaqin Şarqdagi uruşlar – bu tuzoq ekanini tuşunar edingiz, ular Amerikadan qimmatli insonlar hayotini olib ketdi va millatimizning boyligi hamda farovonligiga putur yetkazdi. Birinçi prezidentlik muddatingiz davomida siz harbiy kuçni qanday qatiyat bilan qöllaşni, biroq çeksiz uruşlarga tortilib ketmaslikni boşqa har qanday zamonaviy Prezidentdan köra yaxşiroq tuşungan edingiz. Buni Qosim Sulaymoniyni yöq qiliş va IŞIDni tor-mor etiş orqali namoyiş etdingiz. Hozirgi mamuriyat boşida yuqori lavozimli isroillik amaldorlar va Amerika ommaviy axborot vositalarining tasirli vakillari dezinformatsiya kampaniyasini boşlab, sizning “Amerika birinçi örinda” platformangizni izdan çiqardi va Eron bilan uruşga turtki beriş uçun harbiy kayfiyatni şakllantirdi. Bu axborot “exo-kamerasi” sizga Eron Amerika Qöşma Ştatlari uçun bevosita tahdid ekanini va hozir zarba berilsa, tezda ğalabaga erişiş mumkinligini işontiriş uçun işlatildi. Bu yolğon edi va bu xuddi isroilliklar bizni minglab eng yaxşi öğil-qizlarimizning hayotiga zomin bölgan Iroqdagi falokatli uruşga tortişda qöllagan taktikaning özi. Biz bu xatoni yana takrorlamasligimiz kerak”, deydi Kent.
Uning maktubida aytilişiça, Kent janglarda qatnaşgan veteran sifatida mojaroni yanada kuçaytirişni qöllab-quvvatlay olmaydi.
“Men Amerika xalqiga foyda keltirmaydigan uruşga keyingi avlodni yuborişni qöllab-quvvatlay olmayman”, deydi u. 
Yakunda Kent Prezidentni siyosatni qayta körib çiqişga çaqirgan.
“Siz yönalişni özgartirib, mamlakatimiz uçun yangi yöl belgilaşingiz mumkin yoki bizni yanada tanazzul va betartiblikka botişga qöyib berişingiz mumkin. Barça imkoniyatlar sizning qölingizda”, deydi sobiq mulozim.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: