Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi kötarilib ketdi
19-03-2026, 23:57
239 марта


Social Media / Reuters / Scanpix / LETA
Iroi elektr stantsiyalari işlaşi uçun kerak bölgan gazning uçdan bir qismi Erondan import hisobiga qoplanadi, deya qayd etadi Anadolu. Erondagi INA agentligi xabariga köra, Iroq energetika vazirligi elektr stantsiyalar hozirça mahalliy resurslardan foydalanayotgani va vaziyat «nisbatan barqarorligi»ni bildirgan, şu bilan birga, Eron gazi yetkazib berilişi töxtatilişi «jiddiy risk» tuğdirişidan ogohlantirgan.
Iroq TIV Janubiy Fors böylab zarbalarni qoralagan va bu zarbalar «jiddiy keskinlaşuv hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka töğridan töğri tahdid», şuningdek, «xalqaro huquqning fundamental printsiplari va normalari buzilişi» ekanini qayd etgan. BAA rasmiylari ham Janubiy Fors böylab zarbalarni nafaqat global energiya taminotiga, balki mintaqaviy xavfsizlikka ham töğridan töğri tahdid soladigan «jiddiy eskalatsiya» deb atagan. Qatar hujumni «xavfli va masuliyatsizlik bilan taşlangan qadam» sifatida baholagan.
Janubiy Fors böylab zarbalardan keyin Eron bunga javoban AQŞning mintaqadagi ittifoqçilari bölgan mamlakatlarning «yoqilği, energetika va gaz infratuzilmalari»ga hujum qilişini malum qildi. Eron televideniyesi javob zarbalari uçun «qonuniy nişonlar» röyxatiga Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA neft-gaz obektlari kiritilganini elon qildi.
18 mart kuni keçqurun Eron Qatardagi Ras-Laffan kompleksiga – dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqariş klasteriga hujum qildi va Pearl GTL gazni qayta işlaş qurilmasiga «jiddiy zarar» yetkazdi.
19 mart tongida QatarEnergy neft-gaz kompaniyasining suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqariş böyiça bir neça obektlari Eron tomonidan takroriy raketa zarbalariga uçradi. Hujum kuçli yonğinlar keltirib çiqargan.
Jahonda suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berişning 20 foizi Qatar hissasiga töğri keladi. Hozirda Ras-Laffan kompleksi faoliyati vaqtinça töxtatilgan.